Sun’iy tanlash

Sun’iy tanlash — odam tomo- nidan eng qimmatli xo’jalik belgilari- ga ega bo’lgan hayvon va o’simliklarning ayrim nusxalari, zotlari, novlarini ulardan avlod olish maqsadida tanlab olish. St. nazariyasi asoslarini. Ch. Dar- Vin ifodalab bergan (1859). U St. uy hayvonlari zotlarini va ekinlar na- vlarining paydo bo’lishiga sabab bo’lgan asosiy omil ekanligini ko’rsatib berdi. S.t.ning ta’siri va natijalarini tadqiq qilish Darvinning tabiiy tanlaniipsh asoslab berishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Ibtidoiy davrlarda odam foydali g’ayvonlarni xonakilashti- rish va iste’molga yarokli o’simliklar o’stirishda st. ongsiz hrlda yuz bergan. Ibtidoiy chorvadorlar va dehqonldr hayvon va u’simliklarning saralarini saklab qolishga va ulardan nael, urug olishga g’arakat qilishgan. Eng yaxshi hayvonlarni avloddanavlodga saklab bo- rish podani yangilab, qayta tiklab turish imkonini bergan, yaxshi uruglar ekish esa barqaror hosilni ta’minlagan. 18-a.ning 2-yarmida paydo bo’lgan selektsiya mahorati (muayyan uslu- blar asosida tanlash) chorvachilik va o’simlikshunoslikda o’z ahamiyatini to’liq saqlab kelmoqda. Ilmiy St. ayrim bir qimmatli xo’jalik belgilari bo’yicha olib boriladi, bu esa organizmlarda Ge- netik va morfologik korellyasiya tizim- larining buzilishiga olib keladi. Shu sababli ko’p hollarda S.t. ning qo’shimcha natijasi tarzida organizmlarning Fe- notipik o’zgaruvchanligi ortadi, umumiy hayotchanligi pasayadi. S.t. ning yalpi va yakka (individual) tanlash shakllari bor. Yalpi tanlash da fenotip bo’yicha zot yoki nav standartlariga muvofik, kelmaydigan barcha nusxalar yaroqsizga chiqariladi (zot yoki nav sifatlarini saqlab qolish maqsadlarida o’tkaziladi) G yakka tanlashda ayrim nusxalar belgi- larning irsiy barqarorligini qisobga olgan xrlda, genotip bo’yicha o’simlik navi yoki hayvon zotini bir qancha avlod- larda baholash bilan olib boriladi (zot va navga xos sifatlarni takomillashti- rishni ta’minlaydi). Bahodir Normativ, Izatulla Eshma- tov.