Suppletivizm
Suppletivizm (lot. Suppletivis — to’ldiruvchi, qo’shimcha) — turli o’zakli yoki turli asosli so’zlarning bir grammatik juftlikka (bir gramma- tik katorga) birlashuvi; bunda o’zak yoki asoslar shaklan farqlanishiga kara- may, lug’aviy ma’no o’zgarishsiz krladi, «so’zlarning farqi» faqat Grammatik ma’nolarni farklashning Grammatik usuli hisoblanadi. Mac, o’zbek tilida I va II shaxs birlik kishilik olmosh- larining «men», «sen» so’zlari bilan, ko’pligining esa «biz», «siz» so’zlari bilan ifodalanishi, rus tilida «ya»ning muayyan kelishiklarda «menya», «mne» shakllariga ega bo’lishi, nemis tilida gut (yaxshi) so’zining kuchaytirma shakli besser (yaxshiroq) bo’lishi va b. S.ga misol bo’ladi.