Support, sup ort

Support, sup ort (ing. support — turib turaman) — metall kesish (mas, tokarlik) stanogining asosiy ish orga- ni. Metall kesish asboblari yoki ishlov beriladigan buyumlarni mahkamlash va surish uchun xizmat kiladi. Asosan, ke- skich tutqich va yo’naltirgich (salazka) dan iborat bo’ladi. Buyumga ishlov be- rish usuliga kura, tokarlik, silliklash va b., keskich tutqichning turiga ko’ra, keskichga mo’ljallangan va revolverli; stanokka o’rnatilishiga ko’ra, yuqoriga o’rnatiladigan, oldinga o’rnatiladigan va b.; harakat yo’nalishi va xarakteriga kura, bo’ylama, ko’ndalang va tebranma turlarga bo’linadi. Universal S.lar ham bor.