Suqsur, bigizdum

Suqsur, bigizdum (Anas acuta) — o’rdaksimonlar oilasiga mansub qush. Tanasining uz. 70 sm ga yaqin, vazni 0,7— 1,15 kg. Nari urchish davrida juda chiroyli: boshi va bo’yni to’k qo’ng’ir, bo- shining tepa kismi yashil, binafsha tus- da tovlanadi, ko’kragi oq, orqasi qora yo’lli kulrang, qorni kulrang xolli oq (1nomi shundan); o’rta boshqaruv patlari ingichka va uzun (2nomi shundan). Makiyo- ni qo’ng’ir, boshi va bo’yni sarg’ish xolli, qorni kulrang. Yaxshi uchadi va suzadi. Uya- sini erga va o’simliklar orasiga quradi. 6-11 ta tuxum qo’yadi. Tuxumini 22-23 kun bosadi. Yilda 2 marta tullaydi. O’simlik va suv umurtqa sizlari bilan oziqlanadi. Evropa, Osiyo va shim. Ame- Rikada keng tarkalgan. G’arbiy va Jan. Evropa, Shim. Afrika, Osiyoning o’rta va Jan. kismida qishlaydi. Ovlanadi. O’zbekistonda bahor va kuzda kushlar uchib utishi davrida uch- raydi; ayrim yillari Jan. xududlarda qishlaydi.