Suratlisoy rasmlari
Suratlisoy rasmlari — olay tog’larining shim. yon bag’ridagi surat- lisoy (Farg’ona viloyati) qoyatoshlariga o’yib ishlangan rasmlar. 1939 y.da ar- xeolog M. Vorones va T. Obolduevalar tomonidan topilgan. M. Vorones, A. Kabirov, M. Xo’janazarov va b. tomo- nidan o’rganilgan. 500 dan ortiq rasm- lar eneolit davri (mil. AV. 4—3ming yillik), mil. AV. 7-2-a.larga mansub bo’lib (keyingi davrlarda ishlangan- lari ham bor), tosh, jez va temir bilan (urib, cho’kichlab) handasiy, kontur, soya (sharpa), oddiy chiziq uslubida ishlan- gan. S.r.da yovvoyi g’ayvonlarni ovlash, qad. chorvador va ovchi qabilalarning xo’jalik hayoti, diniy marosimlarning ijrosi haqidagi turli manzaralar tas- virlangan. Odamlar, hayvonlar (sigir, buqa va b.), turli buyumlar va b. tasviri o’ziga xos aks ettirilgan. S.r. ibtidoiy, qad. hamda ilk o’rta asrlar san’atining o’ziga xos namunasi, shuningdek, muhim tarixiy ma’lumotlar manbai sifatida qimmatlidir.