SURDINA

SURDINA (Frans. sourdine; lot. surdus — jarangeiz so’zidan) — musiqa cholg’u asboblarida tovush kuchini Pa- saytirish hamda tembr (tovush tusi)ni qisman o’zgartirish (yumshatish) uchun mo’ljallangan moslama. Torlikamonli sozlarda S. uch tishli «taroq» shaklida bo’lib, xarak ustidan torlarni bosib tu- radi. Mis (ba’zan yog’och) puflama cholg’u asboblarda esa S. noksimon yoki konus shaklida yasalib, sozlarning rastrubi («katta og’zi»)ga o’rnatiladi. Fortepi- anoda S. vazifasini chap pedal bilan ishga tushiriladigan moderator bajara- Di.