Surenota
Surenota — G’arbiy Tyanshan tog’ sistemasiga kiradigan tizma. Toshkent viloyatining shim.sharqida. Oqsoqotasoy bilan Parkentsoyning suvayirg’ichi. O’rtacha bal. 1800 m, uz. 13 km. Alp bur- malanishida palaxsalanib ko’tarilgan. Paleozoyning granit, porfirit, ohaktoshlaridan tuzilgan. Yozi iliq, iyulning o’rtacha t-rasi 23°— 26°, yanv. niki —g, -3°. Yillik yog’in 600-800 mm. Tizma yon bag’irlaridan bir qancha soylar oqib tushadi. 1300 m baland- likkacha efemerlar usadi, yuqorirokda (1300-2000 m) siyrak archazorlar uch- raydi. Tizmaning yuqori qismi Alp o’tloklaridan iborat. S. yon bag’irlari yozgi yaylov. Tog’etaklaridan temir ruda- si koni topilgan.