Surishtiruv

Surishtiruv (O’zRda) jinoyat ish- larini tergov qilishning dastlabki dav- ri. S. milisiya, harbiy qismlar, milliy xavfsizlik va davlat bojxona xizmati, chegarani qo’riklash organlari kabilar tomonidan olib boriladi. Ularning prosessual faoliyati ustidan prokuror nazorati o’rnatilgan (JPK, 38—39mod- dalar). S. jinoyatlarning oldini olish, sodir etilganiga oid dalillar tuplash, aybli shaxslarni qidirib topish va ushlash, jinoyat natijasida etkazilgan moddiy ziyonni ta’minlashga qaratilgan. S. kechiktirib bo’lmaydigan tergov xara- katlari va tezkor qidiruv choralaridan iborat. S. jinoyat ishi qo’zg’atilganidan boshlab 10 kungacha olib boriladi va ishni tergovchiga yuborish bilan tugal- lanadi. S.chi ish bo’yicha tergovchining topshiriklarini bajarishi shart (JPK, 339—343moddalar).