Surxondaryo

Surxondaryo — Surxondaryo VI- loyatidagi dare, Amudaryoning oxirgi o’ng irmog’i. Qorovultepa qishlog’idan bir oz yuqoriroqda To’polondaryo bilan Qoratog’daryoning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Boysun va Bobotog’tizmalari oralig’idan Jan.G’arb tomon oqib borib, Termiz sh. yonida Amudaryoga quyiladi. Uz. 175 km (To’polondaryoning boshlanish joyidan esa 297 km), havzasining mayd. 13500 km2, tog’li qismi 8230 km2. S. havzasi shim.da Hisor tog’tizmasi, G’arb va Jan.g’arbda Boysun tog’lari va Sharqda Bobotog’bilan chegaralangan, Jan.da esa Amudaryo vodiysi bilan qo’shilib ketgan. Eng yirik va sersuv irmoqlari Hisor tog’tizmasidan boshlanadi. Suv sarfi o’rtacha 120 m3/ sek., yillik suv hajmi 3,8 mlrd. m3, shuning 2,7 mlrd. m3 (yoki 70%) Hisor tizmasi yon bag’irlarida hosil bo’ladi. S.ning yirik irmoqlari — To’polondaryo bilan Qoratog’daryo ham Hisor tizmasidan oqib tushadi. S.ga Yi- rik irmoklardan yana Sangardakdaryo bi- lan Xo’jaipok daryolari qo’shiladi. Bir qancha mayda irmoklaridan tashqari yozda deyarli qurib qoladigan soy va jilg’alar ham bor. Ulardan eng yiriklari Vax- shivordaryo (24 km), Konikon (32 km), Oqqopchig’ay (61 km), Okjarsoy (51 km) va Boysun (82 km) soylaridir. S. Boysun tog’lari bilan Bobotog’ oralig’ida eni 30 km keladigan keng sur- xonsherobod vodiysi bo’ylab oqadi. S. o’zani hamma qismida tez emiriluvchan yumshoq jinslardan tuzilgan. Shu sabab- dan S.ning o’zani teztez o’zgarib turadi. Quyi qismida Daryo keng qayir bo’ylab «daydib» oqadi, natijada eski o’zan va ular orasidagi orollar yo’qolib, yangi- lari paydo bo’ladi. Qirg’oqlari emiri- lishi va o’pirilib tushishi sababli ko’p joylarda tik jarlik shaklini olgan. S qormuzlik suvlaridan to’yinadi. May—iyunda sersuv, sent.—okt.da eng kamsuv bo’ladi, S.ning etak qismida (Manguzar qishlog’i yonida) yillik suv oqimining 69% mart—iyun, 20% iyul- sent. va 11 % okt. — Fev. oylarida oqib o’tadi. S.ning o’rtacha ko’p yillik suv sarfi uning boshlanish qismida (Qorovultepa qishlog’i yonida) 76,7m3/sek., 2,42 mlrd. m3, quyi oqimida (Manguzar qishlog’i yonida) esa 68,2 m3/sek, yoki yiliga 2 mlrd. m3. Qorovultepa bilan Manguzar qishloqlari oralig’ida (164 km) S. va irmoqlarining suvi ko’plab sug’orishga olinadi. Shu ikki qishloq oralig’ida da- ryoga sizot suvlari (taxm. 20-25 m3/sek.) va partov suvlar kelib qo’shiladi. S.ning eng ko’p suv sarfi Qorovultepa yonida ko’pincha 250-350 m3/sek., Man- guzar qishlog’i yonida esa 350-450 m3/ sek. o’rtasida bo’ladi. Lekin, ayrim yillari eng kup suv sarfi juda kata bo’lishi mumkin. Mac, 1931 y. 29 apr.da Qorovultepa qishlog’i yonida 600 m3/sek., Manguzar qishlog’i yonida esa 700 m3/sek. ga etgan. Eng kam o’rtacha oylik suv sar- Fi daryoning yuqori qismida 12-13 m3/ sek., quyi qismida esa 0,1 m3/sek.,ga tu- shib qoladi. Yoz oylarida S. ba’zan etak qismida qurib qoladi. S. juda loyqa daryolardan. Boshlanish qismida uning har 1 m3 suvida o’rtacha hisobda 0,9 kg loyqa oqiziq bo’ladi. Daryo o’zani tez emirilganidan suvning loykaligi daryoning etagi tomon ke- skin orta boradi va Manguzar qishlog’i yonida 1 m3 suvdagi loyqa oqiziq 2,9 kg ga etadi. Loyqa oqiziqlarning o’rtacha yillik miqdori Qorovultepa qishlog’i yonida yiliga qariyb 1980 ming t, man- guzar qishlog’i yonida esa 6030 ming t ga teng. S. suvidan to’laroq foydalanish va yangi erlarni o’zlashtirish maqsadida S. vodiysida suv omborlari va kanal- lar qurilgan. S. havzasida ishlab tur- gan irrigasiya tarmoklarining umu- miy uz. 3164 km, kollektorzovurlar esa 1360 km. Shulardan eng yiriklari: zang, Hazorbog’, Qumqo’rg’on, Kakaydi kanalla- ri va b.; Uchqizil, Degrez va Jan. Surxon suv omborlari qurilgan. S. vodiysi yon- dosh Sherobod vodiysi bilan qo’shilib ketgan. S.ning suvi SurxonSherobod ka- pali va Jan. Surxon suv ombori orqali sugorishga sarflanmoqda.