Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyati — O’zR tarkibidagi viloyat. 1941 y. 6 martda tashkil etilgan (1925 y. 29 iyundan sur- xondaryo okruti bo’lgan). 1960 y. 25 yanv. da Qashqadaryo viloyati bilan qo’shilgan. 1964 y. Fev.da qaytadan tashkil qilindi. Respublikaning Jan.sharqida, Surxon- Sherobod vodiysida joylashgan. Jan. dan Amudaryo bo’ylab Afg’oniston, shim., shim. Sharq va sharqdan Tojikiston, Jan. g’arbdan Turkmaniston, shim.g’arbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 20,1 ming km2. Aholisi 1874,7 ming kishi (2004). Tarkibida 14 qishloq tumani (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqo’rg’on, Muzrabot, Oltinsoy, Sari- Osiyo, Termiz, uzun, Sherobod, Sho’rchi, Qiziriq, Kumqo’rg’on), 8 shahar (Boysun, Denov, Jarqo’rg’on, Termiz, Sharg’un, She- robod, Sho’rchi, Qumqo’rg’on), 7 shaharcha (Angor, Do’stlik, Kakaydi, Sariosiyo, Sariq, Elbayon bekati, Hurriyat), 114 qishloq fuqarolar yig’ini bor (2004). Markazi — Termiz sh. Tabiati. SV. relefi tog va tekis- liklardan iborat, shim.dan janubga qiyalanib va kengayib boradi. Tog’lardan oqib tushadigan ko’pdanko’p Daryo va soy- lar dara hosil qilgan. Surxondaryo va Sheroboddaryo oqib o’tadigan tekislik shim., G’arb va sharqdan baland Hisor tiz- masi (eng baland joyi 4643 m) va uning tarmoqlari (Boysuntog’, Ko’hitangtog’, Bobotog’) bilan o’ralgan. Tog’lar, aso- san, yuqori paleozoy va mezozoy davrla- ri jinslaridan, tekislik qismi esa to’rtlamchi davr yotqiziklardan tarkib topgan. Bu erda neotektonika jarayon- lari davom etmoqda: tevarak atrof- dagi tog’lar ko’tarilib, botik, cho’kib bormoqda. Tog’lar bilan tekislik ora- sida adir va tog’oldi zonasi joylash- gan. Tog’lar shim. sovuq havo oqimlarini to’sib turishi natijasida subtropik o’simliklar o’stirish uchun qulay iqlim sharoiti vujudga kelgan. Tog’zonasi va adirlarda, asosan, galla etishtirila- Di, chorva uchun yozgi yaylov. Mutlaq bal. 300-500 m bo’lgan SurxonSherobod te- kisligida paxta ekiladi, bog’tokzor- lar barpo qilingan. Jan. qismi keng qumliklar bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan neft va gaz (Xovdog’, ka- kaydi, lalmikor, Amudaryo bo’yi tekis- liklari), toshko’mir (Sharg’un, Hisor, Boysun, Ko’hitang tog’larining etakla- ri), polimetall (Sangardak), osh tuzi (Xo’jaikon) konlari bor. Gips, granit, argillit kabi qurilish materialla- ri, mineral suvli buloq ko’p. Tekislik qismining iqlimi quruq subtropik. Yozi jazirama issiq va uzoq, qishi iliq va qisqa. Yillik o’rtacha tra 16°-18°. Iyulning o’rtacha t-rasi 28°.-32°, yanv. niki 2,8°-3,6°. O’zbekistonda eng issiq tra ham shu viloyat hududida kuzatilgan (1914 y. 21 iyunda Termizda 49,5° issiq bo’lgan). Ba’zi yillari qish ancha sovuq (-20° va hatto undan ham past). Yil da- vomida bulutsiz kunlarning ko’p bo’lishi va quyosh nurining tik tushishi effektiv tralar yig’indisi yuqori bo’lishiga olib keladi. 10° dan yuqori trali kunlar te- kislik qismida 290— 320 kun davom etadi. Bu esa viloyatda eng issiqsevar ekinlar (shakarqamish, ingichka tolali paxta) va mevalar etishtirishga imkon beradi. Viloyat tog’lar orasidagi berk botikda joylashganidan bu erda yog’in kam. Viloyatning Jan. tekisliklarida yiliga 130— 140 mm, Hisor tog’lari yon bag’irlarida 445-625 mm yog’in yog’adi. Yog’inning asosiy qismi qish va bahorda tushadi. G’arbiy, Jan.g’arbiy va shim. Sharqiy shamollar ko’p esadi. Viloyatning Jan.Sharqiy qismida esadigan afg’on sha- moli iqlimga salbiy ta’sir etadi. VI- loyatning asosiy suv arteriyalari — sur- xondaryo va Sheroboddaryo hamda ularning Qoratog’daryo, To’polondaryo, Sangardakda- ryo, Xo’jaipok kabi irmoqlari. Tog’qor va muzliklaridan, yog’indan to’yinadigan bu daryolar viloyat hududining shim. qismi, tog’va tog oldi zonalarinigina suv bilan ta’minlay oladi, Jan.dagi keng tekisli- Klarda doimiy suv tanqisligi kuzatila- Di. Er osti (artezian) suvlaridan tobora keng foydalanilmoqda. 1957-58 y.larda Uchqizil, 1959— 62 y.larda Jan. Surxon va Degrez suv omborlari, Jarqo’rg’on gi- drotuguni qurildi. Hazorbog’, Dayto’lak, Qumqo’rg’on, zang kanallari, Sherobod, Amuzang mashina sug’orish kanallari barpo etildi. Tuprog’i tekisliklarda taqirsimon va sho’rxok och bo’z tuproklar, tog’yon bag’rida turli xil bo’z tuprokdar. O’simliklar dunyosi xam tabiiy sharo- iti bilan bog’liq. Jan.dagi ekin ekil- maydigan qumloq joylarda Qandim, oq saksovul, cherkez, taroqbosh, yaltirbosh, yantoq, butasimonlar; Daryo bo’ylarida yulg’un, jiyda, turang’il, terak, savag’ich, qiyoq, qamish; adir va tog’larning pastki yon bag’irlarida bir yillik efemerlar (lolaqizg’aldoq, nixatak); 1200-2500 m balandliklarida efemerlar bilan birga archa, pista, qayin, tol, yongoq, olma, za- rang o’rmonlari uchraydi. Bobotog’tiz- masi yon bag’irlarida respublikaning eng yirik tabiiy pistazorlari joy- lashgan. Baland tog’zonasi subalp va Alp o’tloklari bilan band. Hayvonot dunyosi ancha boy: buri, tulki, chiyabo’ri, ayiq, jayran, qobon, yovvoyi echki, arxar, to’qaylarda bug’u, to’qay mushugi, kalamush, qo’shoyoq, yumronqoziq, ko’rsichqon, gekkon kaltakesagi, ko’zoynakli ilon (kobra), o’q ilon, jayra, qushlardan ular (tog’kur- kasi), qirg’ovul, mayna, qaldirg’och, g’oz, o’rdak, so’fito’rg’ay, chil, kaklik bor. Daryo va suv omborlarida har xil baliq ko’p. SV. hududida Surxon davlat qo’riqxonasi joylashgan. Aholisi, asosan, o’zbeklar (78%), shu- ningdek, tojik, rus, turkman, qozoq va b. millat vakillari ham yashaydi (2004). Aholining o’rtacha zichligi 1 km2ga 93,3 kishi. Shahar aholisi 364,8 ming kishi, qishloq aholisi 1509,9 ming kishi (2004). Xo’jaligi. Yaqin o’tmishda viloyat iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi. etak- chi mavqeda edi. Keyingi davrda yangi tarmoqlar vujudga keldi. Viloyatning tabiiy geografik o’rni qulay, mehnat re- surslari ham etarli. Sanoat ishlab chiqarish. (engil va oziq ovqat sanoati), qishloq xo’jaligi. (paxta va bug’doy etishtirish, qoramolchilik va qo’ychilik), transport (ayniqsa, t.y. va avtomobil transporti) salmoqli o’rin tutadi. Sanoatining etakchi tarmoqlari: paxta tozalash, paxtani qayta ishlash korxonalaridir. Yirik sanoat korxona- lari: «Jarqo’rg’onneft» boshqarmasi, Sherobod keramika badiiy buyumlar, Denov yog’ekstraktsiya, Sariosiyo tosh sara- lash z-dlari, Sho’rchi un k-ti, Jarqo’rg’on yigiruvto’quv, Termiz tikuvchilik f-kalari, Sharg’un ko’mir, Xo’jaikon tuz konlari korxonalari va b. S.v.da 40 ga yaqin qo’shma, 4000 dan ziyod kichik va xusu — siy korxona ishlab turibdi. Jumladan, Afg’oniston bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalq iste’moli mollari ishlab chikariladigan «Namaf» va «Afro’z», «Surxonteks» va b. qo’shma korxonala- ri faoliyat ko’rsatmoqda. Hindiston — Termiz «Farmed» qo’shma korxonasida mahalliy giyohlar asosida doridarmon, Turkiya— Termiz «Po’lat» qo’shma korxo- nasida milliy gilamlar, paloslar tay- yorlanadi. Tumanlarda qishloq xo’jaligi. mahsulotlari qayta ishlanadigan kichik korxonalar, tsexlar tashkil etilmoqda. Qishloq xo’jaligi ning asosiy tarmoqlari: paxtachilik, g’allachilik, bog’dorchilik, pillachilik, limonchilik. Tog’etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bug’doy va arpa) bilan shug’ullaniladi. O’zbekistonda eng ko’p ingichka tolali paxta S.v.da tayyorlana- Di. Viloyatning tog’oldi tumanlarida bog’dorchilik va tokchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, qo’y (Qorako’l va Hisor qo’ylari), echki, yilqi, parranda, quyon boqiladi. Jahon mo’yna va teri auk- tsionlarida juda qadrlanadigan «sur- xon suri» Qorako’l terisi etishtiriladi. Dehqonchilikda foydalanadigan erlar mayd. 284,3 ming ga, shundan sug’oriladigan erlar 271,6 ming ga, shu jumladan, 120,8 ming ga erga paxta, 129,7 ming ga erga don ekinlari, 9,1 ming ga erga sabzavot, 1,8 ming ga erga poliz, 5,5 ming ga erga kartoshka, 16,2 ming ga erga em-xashak ekinlari ekiladi. 33,5 ming ga er ko’p yillik daraxtzorlar, 12,7 ming ga er mevazor, 5,2 ming ga er tutzor, 15,1 ming ga er tokzorlar bilan band. 854,2 ming ga erni yaylovlar egal- lagan. Erning meliorativ holatini yax- shilash maqsadida kollektordrenaj tar- moklari qurilgan. Viloyatda 151 shirkat, 4715 fermer xo’jaliklari bor. Viloyat jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 487,2 ming qoramol (shu jumladan, 227,7 ming sigir), 1042,0 ming qo’y va echki, 1052,5 ming parranda, 12,2 ming ot boqiladi (2004). Transporti. Viloyatda t.y. trans- portining salmogi katta. Surxondaryoda dastlabki t.y. 1915 y.da (Kogon— ter- miz) qurilgan. Bu viloyatni boshqa re- gionlar bilan bog’laydigan dastlabki muhim yo’l bo’ldi. 1925 y.da 248 km li Termiz—Dushanba t. y.ni qurishga kiri- shildi. Bu yo’lning qurilishi Termizni O’rta Osiyoning yirik shaharlari — tosh- kent va Dushanba bilan bog’ladi. 1971 y.ga kelib S.v.ni Tojikistonning Jan. tumanlari bilan bog’lovchi Termiz— Qo’rg’ontepa — Yavan t.y.ini qurishga ki- rishildi. G’uzor — Boysun — Qumqo’rg’on t.y.ning qurilishi yakunlanmoqsa. Amu- Daryo ustidan Hayraton t.y. ko’prigi qurilgan. Viloyat hududidan Moskva — Dushanba, Ashxobod — Dushanba t.y.lari o’tgan. Termiz — Toshkent, Termiz — Amuzang, Termiz — Sariosiyo, Termiz — Boldir yo’nalishlarida poezdlar kdtnaydi. Shuningdek, Termiz orkali Dushanba — Astraxon, Dushanba — Ko- nibodom, Qo’rg’ontepa — Konibodom, Ko’lob — Astraxon yo’nalishlarida po- ezdlar qatnaydi. Viloyatdagi t.y.larning uz. 300 km. Viloyatning ichki trans- port aloqalarida avtomobil yo’lining ahamiyati juda muhim. S.v.dagi qattiq qoplamali avtomobil yo’llarning uz. 2,7 ming km. Viloyatning asosiy AV- tomobil yo’li —katta O’zbekiston trakto’. Avtomobilda mamlakatlararo yuk tashish xizmati korxonasi yuklarni qo’shni Afg’onistonga etkazib bermoqda. S.v.ning yirik shaharlari (Termiz va Denov)dan bir qancha xorijiy mamla- katlar va O’zbekistonning ichki tuman- lariga avtomobil transporti qatnaydi. Termiz — Qarshi, Termiz — Hayraton (Afg’oniston), Termiz — Dushanba, Termiz — Toshkent, Denov — Qarshi, Denov — Shahrisabz, Denov — G’uzor, Denov — Urganch, Denov — Samarqand yo’nalishlari shular jumlasidan. S.v.da respublikada yagona bo’lgan Termiz dare porti joylashgan. Termiz va Sariosiyoda aeroport bor. Termiz aeroportidan Toshkent, Moskva, Ash- xobod, Olmaota, Samarqand, Namangan, Buxoro, Andijon va b. yo’nalishlarda yo’lovchilar tashuvchi samolyotlar qatnovi yo’lga qo’yilgan. Madaniymaorif, sog’liqni saqlash va sport. Surxondaryo vodiysi ilk ibtidoiy odamzod makon topgan joy sifatida ta’- riflanadi. Boysun tizmalaridan o’rta paleolit davriga (mil. AV. 100— 40 ming y.liklarga) oid ibtidoiy odam manzil- larining qoldiklari topilgan. Surxondaryo tog’larida tosh davri- ning so’nggi bosqichi—yuqori paleolitga (mil. AV. 40-12 ming yilliklar) doir topilma xam kup. Shulardan biri teshik- tosh unguridan qazib olingan 8-9 yashar bola suyaklaridir (antropolog M.M. Ge- Rasimov tomonidan qiyofasi tiklangan). Ushbu topilma «neandertal odam» nomi bilan mashhur bo’lib O’zbekistonning, umuman, O’rta Osiyoning hoz. zamon odami (kromanon) shakllangan mintaqaga taal- lukli ekanini isbotlashga dalil bo’ldi. Vohada qad. madaniyatga mansub Ayritom, Dalvarzintepa, Xolchayon, undan keying davrlarga oid Sopomitepa, Mirshodi, Mo’lali, Kampirtepa, Jarqo’rg’on, Bo- laliktepa va b. arxeologik yodgorliklar topilib o’rganildi. Ko’hitang tog’larida aniqlangan Zara- utsoy qoyatosh rasmlari mezolit yoki ne- olit davriga tegishli. Zarautsoydagi g’or shiftlari va devorlarida oxra bo’yog’i yor- damida raem chizilgan. Rasmlarning aso- siy qismi yovvoyi buqalarni sehrjodu yo’li bilan ovlash manzarasini aks etti- radi. Mil. AV. 2ming yillikning 1-yarmi- da hoz. O’zbekiston Jan.ga Amudaryo so’l sohilidan kelgan qabilalar Ko’hitang va Boysun tog’oldi xududlarini o’zlash.ti- rib Sopollitepa, Jarqo’ton, Mo’lalitepa aholi manzilgoxlariga asos soldilar. Mil. AV. 329-327 y.larda viloyat hududi makedoniyalik Iskandar tomoni- dan bosib olingan. Keyinchalik Salav- kiylar davlati tarkybiga kirgan. O’rta asrlarda Buyuk ipak yulinang bir tarmogi Surxondaryo (Termiz) orqali o’tgan. Kushon podsholigi hududiga kirgan Dalvarzintepa va Xolchayonda o’tkazilgan arxeologik qazishmalar, eski Termiz- dan topilgan Budda ibodatxonalari sha- xarlarning naqadar rivojlanganligini ko’rsatadi. Bu davrda hunarmandchilik va qishloq xo’jaligi.ning taraqqiy to- pishi, tovarpul munosabatlarining ri- vojlanishi, me’morchilik, monumental haykaltaroshlik, rassomlik va b. san’at- larning yuksalishi kuzatiladi. S.v.ning hozirgi qududi, 3-4-a.lar- da Kushonlar davlati parchalanib ketgach, eftaliylar davlati, 5-8-a.larda Toxa- riston tarkibida, keyin Turk hoqonligi qo’l ostida bo’ldi. 667 y.da arablar dastlab Chagoniyon va Termizga hujum qilib bu shaxarlar- ni faqat 8-a.ning 2-yarmidagina to’liq bosib olishga erishdilar. O’zbekiston Jan.dagi erlar Pa.gacha Chagoniyon davla- ti qo’lida bo’lgan. 11-a.da Chagoniyon va Termizni egallash uchun G’aznaviylar va Qoraxoniylar o’zaro kurashadilar. Ter- miz G’aznaviylar davlatiga qo’shib oli- nadi, so’ngra Xorazmshoxlar davlati tar- kibida bo’ladi. 1220 y.da mo’g’ullar bosib oldi. 1370 y.dan Amir Temur saltanati tarkybiga kirdi. Surxondaryo ko’hna ta- rixi, qad. madaniyati, yodgorliklari bi- lan mashhur. Surxon vodiysidagi olimlarning ko’pchiligi «Termiziy» taxallusi bi- lan nom chiqarganlar. Ular, tarix, geog., falsafa, huquqshunoslikka oid asar- lari bilan tanilgan. Alhakim atter- miziy, Shahobuddin Sobir Termiziy, Muhammad ibn Hamid Termiziy, Abu Bakr Varrok, Termiziy va b. allomalar shu vohadan etishib chiqqanlar. S.v.da mashhur san’atkorlar, baxshilar, xalq artistlari, rassomlar voyaga etgan. Viloyatda 2003/04 o’quv yilida 827 umumiy ta’lim maktabi, 2 internat maktabi, Mehribonlik uyi, 18 lisey, 4 gimnaziyada 517,5 ming o’quvchi ta’- lim oldi. 2003 y.da «AKSELS» xalqaro tashkilotining «o’qishga a’lochilik dasturi» tanlovida viloyatning g’olib chiqqan o’quvchilari o’qishni xorijda da- vom ettirmoqdalar. 2004 y.da ham ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik ishlari davom ettirilib «AYREKS» xalqaro tashkilotining «butun olam Sizning sinfingizda» tanlovida Termiz tumani o’quvchilari respublika g’olibi bo’lishdi. 1998-2003 y.larda 35 ta kasbhunar kolleji va 2 akademik lisey qurilib foydalanishga topshirildi. Bu o’quv mu- assasalarida 80 dan ortiq mutaxassis- lik bo’yicha ta’lim-tarbiya berilmoqda. Viloyatdagi 5 o’quv yurtida 9,9 ming o’kuvchi o’qiydi. 16 bolalar musiqa MAK- tabida 1443 o’quvchi, 1 oliy o’quv yurti (Termiz davlat un-ti)da 6,5 ming talaba bilim olmoqda. S.v.da Shreder nomi- dagi bog’dorchilik, tokchilik va vino- chilik ilmiy tadqiqot in-tining Jan. O’zbekiston subtropik o’simliklar se- lektsiyasi st-yasi faoliyat kursatadi. Sur- xondaryo arxeologiya muzeyi, Surxondaryo viloyat o’lkashunoslik muzeyi, musiqali drama teatri, bolalar qo’g’irchoq teatri mavjud. 413 jamoat kutubxonasi (kitob fondi 3,6 mln. nusxa), 146 klub muassa- sasi, 2 madaniyat va istirohat bog’i, bo- lalar bog’i, Termiz hayvonot bog’i, yoshlar majmui, xalq ijodiyoti va madaniy-ma’- rifiy ishlar viloyat uslubiyat markazi bor. 4 xalq drama teatri, 2 qo’g’irchoq xalq teatri, 10 ashula va raqs dastasi, 6 fol- klor etnografik xalq dastasi, milliy dorbozlar guruhi va b. madaniy muassa- Salar ishlab turibdi. Jumladan, Boysun tumanidagi «Shalola», Sho’rchi tumani- dagi «kumush tola», uzun tumanidagi «Rohat» ashula va raqs xalq dastalari Buyuk Britaniya, Turkiya, Afg’oniston va Hindistonda bo’lib o’tgan xalqaro Fe- stivallarda ishtirok etishgan. S.vda O’zbekiston xalq rassomi Ro’zi Choriev, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi M. Ravshanov, O’zbekiston xalq baxshilari Sh. Boltaev va A. Poyonoe, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madani- yat xodimi A. Ibroqimov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar g. Ravshano- va, R. Mamataliev, H. Oripov, M. Max- mudova, A. Narzullaev, Y. Mirqurbonov, S. Qosimova, N. Allanazarovlar voyaga etganlar. Viloyatda «Boysun bahori» halqaro folkloretnografik festivali o’tkazilib boriladi. 1999 y.da «Al- pomish» dostonining 1000 yilligi, 2002 y.da Termiz sh.ning 2500 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. Sog’liqni saqlash. Viloyatda 92 ka- salxona (8715 o’rin), 366 poliklinika, ambulatoriya va b. tibbiy muassasalar, 179 ayollar konsultasiyam, 225 bolalar poliklinikasi va xonalari, 149 qishloq vrachlik punkta, 398 feldsherakusher- lik punkti, 19 qishloq uchastka kasalxo- nasi, 73 qishloq vrachlik ambulatoriyasi mavjud. Ushbu tibbiy muassasalarda 4,2 ming vrach (xar 10 ming aholiga 24 vrach), 17,6 ming o’rta tibbiy xodim ishlaydi. Davlat dasturiga asosan viloyatda Davlat shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz bo’limi (140 o’rin) va barcha tuman Markaziy kasalxonalari qoshida uning bo’linmalari (340 o’rin) tashkil etilgan, g’amda zaruriy tibbiy va texnik jihozlar bilan ta’minlangan. Viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi o’z faoliyatida AQShning Projekt Xoup, Karelift Interneyshnl, Kauntepart In- terneyshnl tashkilotlari bilan uzviy aloqalar bog’lagan. O’rta Osiyo xalqaro taraqqiyot agent- ligi (YUSAID) tomonidan viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi sistemasi- dagi tashkilotlar va nodavlat tashkilot- lari bilan hamkorlikda yangi dasturni rivojlantirish, giyohvandlikka qarshi kurash, sil kasalligini davolash va uni oldini olish bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyatda tashkil etilgan nodavlat muassasalar soni 75 ta. S.v.da Xonjiza dam olish uyi, «Jayranxona», «Uchqizil» balneologik kurorti, bola- lar revmatologiya sanatoriylari, Denov tumanidagi «Hazorbog'» sanatoriysi ish- lab turibdi. Sport. SV. sportchilari sportning ko’plab turlari bo’yicha har xil daraja — dagi musobaqalarda ishtirok etmoqda (kurash, dzyudo, voleybol, futbol, ten- nis, boks va b.). Surxondaryodan kurash bo’yicha Jahon va Osiyo chempioni, Hakim atTermiziy, Prezident sovrini uchun xalqaro turnirlar g’olibi Toshtemir Muhammadiev, xalqaro Hakim atter- miziy turniri g’oliblari O’rol To’raev, Rustam Ergashev, Erali Mamarasulov; bir qancha xalqaro turnirlar g’olibi, Antaliya musobaqasi jahon chempioni Mahtumquli Mahmudov, dzyudo bo’yicha Osiyo chempioni, kurash bo’yicha xalqaro turnirlar g’olibi Abdulla Tangriev kabi mashhur sportchilar etishib chiqqan. S.v.da zamonaviy sport inshootlaridan «Kurash saroyi», stadion, «Delfin» suv havzasi, «Alpomish» sport majmui, turli darajadagi xalqaro musobaqalar o’tkaziladigan tennis korti mavjud. S.v.da bolalar va o’smirlar sport makta- bi faoliyat kursatadi (2004). Adabiyot. Surxondaryo qadimdan shoir va ulamolar, baxshilar to’plangan vohalardan biridir. Bu zaminda xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyot rivojla- nib kelgan. «Alpomish» dostoni yaratil- gan makon sifatida shu vohada bayram qilinishi, 40 dan ortiq «Termiziy», 10 dan ortik, «Chagoniy» taxallusi bilan ijod qilgan allomalarning ilmiy-ada- biy merosi buni to’liq isbotlaydi. Eski Termizda Islom nazariyotchisi, muhaddis alhakim atTermiziy yashab ijod kilgan. «Ilal ashshariat va xatm ulAsliyot» asari Islom nazariyotchilari tomonidan eng ko’p eslanadigan kitoblar- dan biri. Boshqa muhim asarlari «kitob annahi» («Yo’riqnoma kitobi»), «Ki- tob alfuruh» («Ollohdan qo’rquvchilar haqida kitob»), «Navro’znomai Xoja Hakim Termiziy».U Abu Ali aljuzjo- niy, Abu Bakr Varroq va b. mashhur olim- lar ustozidir. Andalusiyalik yirik is- lomshunos Muhyiddin ibn alArabiy (1165-1240) o’zini Hakim Termiziy- ning shogirdi deb hisoblagan. S.v.da yashagan mashhur muhaddis Imom Termiziy hadislarni to’plab bir qancha asarlar yaratgan. «AlJomi’assahih» yoki «Sunani Termiziy», «kitob Ali- Lal», «kitob azzuxd» va b. shular jumla- sidandir. U Imom Buxoriyning mashhur shogirdi va izdoshi hisoblanadi. Surxondaryoning Oltinsoy hududida tasavvuf ilmining pirlaridan bo’lgan So’fi Olloyo’r, Xo’jaipok oma (asl nomi — Abdurahmon bin Avf Abu alkuray- shiy azzuhriy), Sayd ibn Vaqqos, mav- lono Zohid Xalifa bobo kabilarning xoklari bor. Surxon vohasida 10-12-a.larda yashab o’tgan Daqiqiy, Farruhiy, adib Sobir Termiziy kabi yirik shoirlar mashhur. Chingiz bosqini tanazzulidan keyin, 16-19-a.lardan yana Termiziy taxallusi bilan bir turkum shoirlar paydo bo’ddi. Ular Umar atTermiziy asSufiy, mav- lono qudsiy Termiziy Maxjub, Xoja Samandar Termiziy, Abdulloh Termi- ziy, Taqiy Termiziy, So’fi Olloyor va Masiho Boysuniylar edi. Vohaning qad. Sherobod dosshonchilik maktabid&n o’zbek dostonchiligining mashhur ijrochilari etishib chiqqan, ayni shu maktab Nurota va Bulungur do- stonchilik maktablariga ham ijobiy ta’- sirini o’tkazib turgan. 18-a.da bu maktab- dan bobo shoir, Qosim oqinlar, 19-a.da Olim baxshi, Xoler baxshi, Niyozali Bax- shi, Sherna baxshilar, 20-a.da esa Shoto’ra baxshi, Mardonakul baxshi, Mamarayim baxshi, Bo’riboy baxshi Ahmedov, Yusuf O’tagan o’g’li, Chorsham baxshi Rahmatulla o’g’li, Toshmurod baxshi, Xushboq baxshi Mardonaqul o’g’li, qora baxshi, Shober- Di baxshi Boltaev, Boboraxim bahshi Mamarayim o’g’li, Abdunazar baxshi, Shodmon baxshilar etishib chiqqan. Bu- lardan eng iste’dodlilari «Alpomish» va «Go’ro’g’li» turkumidagi dostonlarni mukammal biladigan bobo shoir, sher- na baxshi, Mardonaqul Avliyoqul o’g’li va Chorsham baxshi Rahmatulladir. 20-a.ning 50—80y.larida shukur Xolmirzaev, Ra’no Uzoqova, Erkin A’- zam, Sattor Tursunov, Tesha Saydaliev, Karim Mallaev, Isomiddin Otaqulov, Mengziyo Safarov, Ozod Avliyoqulov, Usmon Azim, Nizomjon Parda, Yusuf- jon Valizoda, Ismat Norboev, shafoat Rahmatullo Termiziy, Tog’ay Murod, Bol- tajon Sodiqov, Xurram Mak,sadqulov, Sirojiddin Sayyid, G’ulom Egamshukur, Bolta Yoriev, Narzulla So’fiev, Arbob Chosh, Eshqobil shukur, shoir va pedagog Xolmuhammad Qulniyozov, Nodir Nor- matov, Mirzo Kenjabek, 20-a.ning key- ingi yillarida nomoz Ergashev, Zoir Mamajonov, Gulandom Tog’aeva va b.ning she’riy va nasriy asarlarida sevgi, yax- shilik, mehroqibat, adolat tuyg’ulari, shuningdek, voha kishilarining hayot tashvishlari, mehnat yumushlari, urfo- dat va an’analari muhim o’rin egallagan. S.v.da O’zbekiston ijodiy uyushma- lari (yozuvchilar, rassomlar, me’morlar, jurnalistlar va b.)ning viloyat tashki- lotlari faoliyat ko’rsatadi. Matbuot, radioeshittirish va tele- videiiesi. S.v.da 3 viloyat gaz., 14 tuman gaz. chiqadi. Viloyatda, shuningdek, 13 tarmoq va 2 ta xususiy gaz. nashr etiladi. Jami 32 nomdagi gaz. chop etiladi (2004). Birinchi radioeshittirishlar 1954 y.dan boshlangan. Viloyat radiosi ku- niga 1 soatlik xajmda eshittirishlar beradi. 2003 y. Fev.dan boshlab Sv. ra- diotelevidenie uzatish markazi muas- sisligidagi «Surxon sadosi» radiosi faoliyat ko’rsatadi. Har kuni 15 soatlik radioeshittirishlar tayyorlanib, efirga uzatilmoqda. 2003 noyabr oyidan sur- xondaryo radiosi qoshida «yangi asr» ra- diostudiyasi faoliyat ko’rsata boshladi. Kuniga 8 soat eshittirishlar tayyorlanib efirga uzatiladi. Viloyatda 1 davlat va 4 tarmoq va no- davlat televidenielari mavjud. 1990 y.dan buen faoliyat ko’rsatayotgan Surxon- Daryo viloyat teleradiokompaniyasining kunlik ko’rsatuvlari o’rtacha 3-4 soatni tashkil etadi. «Ishonch» telekompaniyasi 1997 y.dan buen faoliyat ko’rsatib, ayni paytda har kuni 3 soatlik ko’rsatuvlar beradi. «ATR Denov» va «Sherobod» televi- denielari 1995 y.dan faoliyat ko’rsatib, «Sherobod» televideniesining kunlik ko’rsatuvlari 1 soatni, «ATR Denov» televideniesi ko’rsatuvlari 1,5 soatni tashkil etadi. Me’moriy yodgorliklari. Viloyatda- gi 359 tarixiy yodgorliklardan 294 tasi arxeologiya, 26 tasi me’moriy, 39 tasi monumental san’ati yodgorliklaridir. Termiz sh.ning 2500 y.lik yubileyi mu- nosabati bilan 2001-02 y.larda viloyat- dagi bir kancha tarixiy obidalar va ar- xeologik yodgorliklarda ta’mirlash ish- lari olib borildi. S.v.dagi yodgorliklar o’zining qadimiyligi bilan mashhur. Xu- roson me’morlik an’analarida qurilgan mashhur Jarqo’rg’on minorasi (1108-09 y.lar), Sulton Saodat majmuasi (10-a., 15-17 asrlar), Denovdagi Chag’oniyon dav- lati qal’asi qoldiqlari (15-a.), Hakim atTermiziy majmuoti (11 — 15-a.lar), Eski Termizdagi Zurmala minorasi krldikdari (2-a.), Termiz atrofidagi Kokildor xonaqohi (16-a.) va b. shular jumlasidan. O’zME 7jiddining 656—657betlari orasidagi Surxondaryo viloyatining ta- biiy va iktisodiy rangli xaritasiga q. Ad.: Rtveladze E., Aminov M., Sur- xondaryo, albom [prof. N.To’xliev tahriri ostida], T., 1996; Ro’ziev A. N., Surxondaryo viloyati, T., 1996; Pugachen- Kova g. A., Ochiq osmon ostidagi muzey, T., 1981; Tursunov S, Qobilov E., Parda- eV T., Murtazoev B., Surxondaryo tarixi, T., 2004. Nurislom To’xliev.