Surxondaryo viloyati arxeologiya muzei

Surxondaryo viloyati arxeologiya muzei, Termiz arxeologiya muzeyi — Markaziy Osiyoda yagona bo’lib, Termiz sh.ning 2500 yilligini nishon- lash munosabati bilan tashkil etilgan (1998). Muzey binosi 100 ming eksponat- ni o’z zahiralarida saklash imkoniyatiga ega. Surxondaryo viloyat o’lkashunoslik muzeyining arxeologiya fondiga tegish- li 8430 ta, numizmatika fondiga te- gishli 5000 ta eksponat muzey hisobiga o’tkazilgan. Hoz. kunga kelib, 10 mingdan ziyod arxeologik ashyoviy topilmalar, 9000 dan ortiq numizmatika fondiga oid turli davrlarga xos tangalar mav- jud. Muzey fondidagi eksponatlarning umumiy soni kariyb 20 mingga etdi. 16 ming asar saqlanadigan ilmiy kutubxona fondi qam muzey tasarrufida (2004). Muzey binosi ustunli peshayvon (galereya) tarzida qurilgan. Kirish za- lidan ko’rgazmalar qo’yilgan quyidagi 9 ta zalga o’tiladi: 1) Surxon vohasi tosh davrida (mil. AV. 100—3ming yil- liklar); 2) Surxon vohasi jez davrida (mil. AV. 3—1ming yillik boshlari); 3) kds. Baqtriya madaniyati (mil. AV. 1ming yillik boshlari — mil. AV. 4-a.); 4) Baqtriyaning makedoniyalik Iskan- dar va ellinistik davlatlar davri ma- daniyati (mil. AV. 329 y. — mil. AV. 2-a. o’rtalari); 5) qad. Baqtriyaning Kushon davri madaniyati (mil. AV. 1 — mil. 3-a. lar); 6) shim. Toxariston ilk o’rta asr- lar davrida (mil. 4-7-a.lar); 7) shim. Toxariston rivojlangan o’rta asrlar davrida (9-12-a.lar 1choragi); 8) Termiz va Chag’oniyonning Amir Temur va temu- riylar davri madaniyati (1370 y. — 16- a. boshlari); 9) Surxon vohasi 16-20-a. boshlarida. Zalning o’rtasida pult bilan boshka- riladigan Surxondare viloyatining to- pografik relefi, arxeologik yodgorli- klar xaritasi, to’rda esa ko’hna Termiz sh. qal’asining loiihasi qo’yilgan. S.v.a.m. bazasida 2002 y.ning noyab.da O’zbekiston muzeylarining ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi. Muzey xalqaro miqyosda o’tkaziladigan ko’rgazmalar, anjumanlarda noyob Ekspo- natlari bilan qatnashish imkoniyatiga ega. Samad Shomatov.