Susi
Susi — yo’l-yo’l gulli yupqa mato; arqoq bilan tanda iplar orasi ochiqroq qilib olachalan yupqa va siyrak to’qiladi. Oqorlangan Susining ochiq joylari yopilib ketguniga qadar kudunglanib (to’qmoq bilan urib) ishlov berilgan. Susidan asosan ayollar va bolalar uchun ko’ylak, yaxtak, chopon va boshqa kiyimlar tayyorlangan. Susi 20- asr 40-yillarigacha (asosan Urgutda) ishlab chiqarilgan.