Sut emizuvchilar
Sut emizuvchilar (Mammalia) umurtqali hayvonlar sinfi. Trias oxirida yirtqich sudralib yuruvchilar — tsinodontlardan kelib chiqqan. Tsino- dontlar bir guruhidan ko’p bo’rtiqlilar (qirilib ketgan), ikkinchisidan kloaka- lilar paydo bo’lgan. Ko’p bo’rtiqlilardan Yura davrida pantoteriyalar, ulardan esa hozirgi xaltalilar va yo’ldoshlilar Vu- judga kelganligi taxmin qilinadi. S.e.ning tashqi ko’rinishi va o’lchami har xil. Pakana oq tishlining (hasharotxo’rlardan) uz. 4 sm, vazni 1,2 g kelsa, quruklikda yashovchi eng yirik hayvon — Afrika filining balandligi 4,5 m, vazni 7,5 t ga yaqin. Hoz. hayvonlar orasida eng yirigi ko’k kitning uz. 33 m, vazni 150 t. S.e. bo’yin umurtqalarining 7 ta bo’lishi, tishlarining har xil tu- zilganligi, ular chuqurchalar (Alveo- lalar)da joylashganligi, pastki jag’i faqat tish suyaklaridan iboratligi, o’rta qulog’i bo’shlig’ida 3 ta eshitish suyakchasining va so’lagida kraxmalni parchalovchi ferment borligi bilan boshqa umurtqalilardan farq qiladi. S.e.ning yumshoq labi ovqatni olish va- zifasini bajaradi. Ichagi murakkab tuzilgan, ba’zi S.e. ning oshqozoni ko’p bo’lmali. O’pkasi alveolalardan iborat. Tana bo’shlig’ining diafragma yordamida ko’krak va qorin bo’shlig’iga bo’linishi nafas olishini jadallashtiradi. Yuragi 4 kamerali; faqat chap aorta yoyi saqlanib qolgan. S.e. issiq qonli — gomoyoterm hayvonlar; arteriya va vena qoni to’liq ajralgan. Eritrositlari etilgan dav- rida yadrosiz. Ayirish sistemasi chanoq buyragidan iborat. Bosh miyasi yirik, uning oldingi qismi (yarimsharlari) po’stloq xrsil qiladi. S.e.ning murakkab nerv faoliyati va xulqatvori yarimshar- lar po’stlog’ining kuchli rivojlangan- ligi bilan boglik. Hid bilish, kurih, eshitish organlari yaxshi rivojlangan. Hiqildog’i murakkab tuzilgan; unda ovoz paylari joylashgan. Tashqi quloq rivoj- langan. S.e. ateriyalar va teriyalar (tirik tug’uvchilar) kenja sinflariga ajrati- ladi. Ateriyalar proteriyalar (qirilib ketgan trikonodont va kloakalilar tur- kumlari) va alloteriyalarga (qirilib ketgan ko’p bo’rtiqlilar turkumi); teri- yalar esa 3 bo’rtiqlilar (qirilib ketgan), xaltalilar va yo’ddoshlilarga bo’linadi. Xaltalilarga 1 turkum, yo’ldoshlilarga hoz. 17-23 va qad. qirilib ketgan 12 turkum kiradi. Hoz. S.e. 4000 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Issiq qonliligi, tanasining Yung bilan qoplanganligi (suvda yashovchilar terisi ostida qalin yog’ qatlamining bo’lishi), nasli to’g’risida g’amxo’rlik qilishi (sut bilan boqishi, himoya qilishi, tarbiyalashi) va b. turli xil moslanishga ega bo’lishi tufayli S.e. er yuzidagi shim. qutbdan tortib An- tarktida qirg’oqlarigacha bo’lgan barcha hududlarni egallagan. S.e. qadimdan odam hayotida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Ko’pchilik S.e. ov- langan. Bir qancha turlari xonakilashti- rilib, ulardan oziqovqat manbai, ishchi kuchi yoki qo’riqchi sifatida foydalanib kelinadi. 20-a. dan mo’ynali S.e.ni xo- nakilashtirish, ulardan lab. hayvonlari sifatida foydalanish boshlandi. Bir qancha S.e. qishloq xo’jaligi ekinla- ri, o’rmonchilik (ayrim kemiruvchilar) va chorvachilikka (asosan, yirtqichlar) ziyon keltiradi. Ayrim S.e. (asosan, ke- miruvchilar) o’lat, tulyaremiya, quturish va b. og’ir yuqumli kasalliklarning tarqalishida ishtirok etadi. Odam faoliyati ta’sirida S.e.ning bir qancha turlari soni kamayib, ay- Rim turlari yo’qolib bormoqda. 17-a. boshidan hozirgacha S.e. ning 63 turi (1,3%) qirilib ketgan. Rejasiz ovlash, qishloq xo’jaligi. ekinlari, xonaki va ov hayvonlarini muhofaza qilish maqsadida qirish, ular yashash joyining buzilishi va qisqarishi, introduktsiya qilingan turlar ta’siri yoki tabiiy omillar S.e. soni kamayib ketishining asosiy sabablari hisoblanadi. S.e.ning 230 turi va 91 kenja turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan. Shuning bilan birga ayrim sinantrop S.e. are- Ali va soni ortib bormoqda. S.e.ning 7 turi (jumladan Prjevalskiy oti, da- Vid bug’usi) faqat tutqunlikda yoki yarim tutqunlikda (zubr, Okdum GNU) saqlanib qolgan. S.e. ni muhofaza qilishda noyob turlarning ovlanishini taqiqlash, ular- ning yashash joyini saklab qolish, mil- liy bog’lar, qo’riqxonalar va buyurtma qo’riqxonalar tashkil etish, tutqunlikda ko’paytirish orqali hayvonlarni reak- klimatizasiya kilish (qaytadan tabiiy arealiga qaytarish) katta ahamiyatga ega. Qo’riqxonalar tashkil etish orqali zubr, qulin, Buxoro bug’usi (xongul), yo’lbars, leopard va b. hayvonlar saqlanib qoldi; sayg’oq, sobol, bobyor va b. soni qayta ti- klandi.