Sutralar

Sutralar (sanskritcha — ip) — qad. hind adabiyotida falsafa, din, axloq, siyosat, huquq, grammatika va b. bo’yicha yozilgan, pandnasihat, ibrat tarzidagi parchalar, qisqa risolalar. Dastlabki S. mil. AV. 1ming yillik o’rtalarida paydo bo’lgan. Falsafaga oid S. mil. 5-a.da, huquqqa bag’ishlanganlari esa mil. 1-3-a.larda vujudga kelgan. S. tili obrazliligi va g’ikmatli so’zlarga boyligi bilan ajralib turadi. Hind adabiyotining mashhur yodgorligi «Art- xashastra» («amaliy turmush ilmi») ham S. tilida yozilgan.