Suv muammolari instituti

Suv muammolari instituti, O’zbekiston FA suv muammola- ri ilmiy tadqiqot institut — yirik tadqiqot muassasasi, Toshkent sh.da joy- lashgan. 1991 y. 20 iyulda tashkil etil- gan. Int tarkibida 6 ilmiy lab. (suv resurslaridan oqilona foydatanish metodikasi; suvni tejash usullari va sug’orish texnologiyasi; cho’l suv resursla- ri; gidrologiya va gidrotexnika; gidro- kimyo va suvni tozalash; gidroekologiya va gidrokimyoviy meliorantlar) bor (2004). In-tda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning asosiy yo’nalishlari: qurg’oqchilik muhitlarida gidrologiya va gidrogeologiya; xo’jalik faoliyati ta’sirida suv resurslari mikdorining shakllanishi muammolari, rejimi, si- Fati, xususiyatlari va qonuniyatlarini kompleks o’rganish hamda noan’ana- viy suv manbalarini izlash; suvdan oqilona foydalanish, suv va suv ob’ekt- larini muhofaza qilish muammolarini o’rganish; gidrotexnika inshootlaridan foydalanishda xavfsizlik mezonlarini aniklash; suv omborlari va ko’llardagi suvning gidrokimyoviy xususiyatlari — ning baliqchilikni rivojlantirishga ta’sirini o’rganish hamda tavsiyalar ishlab chiqish; oqova suvlar sifatini o’rganish va undan kontsentrlangan tuz- larni olish va b. In-tda Orol havzasidagi ekologik vaziyatning keskinlashuvi sharoitida suv resurslarini himoya qilish va un- dan foydalanishning ilmiy asosla- ri, ekinlarni sug’orishning tejamkor texnologiyalari, jumladan, ekinlarni tomchilatib sug’orish, egatda pog’onalab sug’orish usullari, dare o’zanlarida ro’y beradigan deformasion jarayonlar- ni kosmosdan olingan fotosuratlarga qarab aniqlash usuli va b. yaratildi. Int faoliyati N.R. Hamroev, A.M.Muhamedov, E.J.Mahmudov, S.A.Azimboev, E. Shem- Barisov. L.Sherfedinov, M.O.Yoqubov, B.K.Karimov va b. nomlari bilan bog’liq. In-tda aspirantura va doktorantura bor. «Qurg’okchil hududlar suv muammolari» yillik to’plamini nashr etadi.