SUV O’LCHASH QURILMALARI

SUV O’LCHASH QURILMALARI — maishiy va texnika maqsadlarida ishlatish, qishloq xo’jaligi. ekin- larini sug’orish va b.ga iste’mol qilinadigan suv sarfini hisobga olish uchun mo’ljallangan gidrotexnika in- shootlari va texnika asbobuskunala- ri. Odamzod suvni o’lchashga qadimdan ehtiyoj sezgan. Qad. Sharq mamlakatla- ri (ayniqsa, Misr) da qurg’oqchilik ko’p bo’lishi sababli sun’iy sug’orish in- shootlariga ehtiyoj katta bo’lgan. Mil. AV. 2ming yillik o’rtalaridan boshlab ariqlar qazilgan, damba va to’g’onlar, suv chiqarish qurilmalari (shaduf- lar) qurila boshlagan. Suv tanqis bo’lganligi uchun uni tejab ishlatish va o’lchab taqsimlash zarur bo’lgan. Bu- ning uchun to’g’onlarda suv sathini (de- MAK, suv hajmini) ko’rsatadigan belgi- lar qilingan. Sug’orish inshootlari va suvni hisobga olish vositalari borgan sari takomillashtirilib borilgan. Mas, o’zbek qomusiy olimi Ahmad alFarg’oniy Misrdagi Nil daryosiga qurgan suv sathini o’lchaydigan inshoot barpo etgan. Bu suv o’lchash qurilmasi ilmiytexnik va me’moriy jihatdan g’oyat ulug’vor bo’lgan. Misr aholisi shu inshoot ko’rsatgan suv sathiga mos ravishda (agar suv sathi yuqori bo’lsa ko’proq, past bo’lsa kamroq) soliq to’lagan. Bu inshoot hozir ham saqlanib qolgan. O’rta Osiyoda qadimdan suv taqsimoti bilan shug’ullanuvchi shaxs — mirob lavozimi mavjud bo’lgan. Hoz. O’zbekistonda bu ish bilan xo’jaliklarda gidrotexnik shug’ullanadi. S.o’.q. jumlasiga suv taqsimlash po- stlarida qurilgan sath ko’rsatish bel- gilari bo’lgan inshootlar, gidrotexnika zulfinlari, rostlash inshootlari suv to’sgichlar, ko’tarmalar va b. gidrotexnika inshootlari kiradi. Maishiy va texnika maqsadlarida iste’mol qilinadigan suv mikdori suv hisoblagichlari (schyotchi- klari) bilan hisobga olinadi. Bunday hisoblagichlar xonadonlar, xo’jaliklar, korxonalarga o’rnatiladi. Bu xisobla- gich truba orqali vaqt birligida oqib o’tadigan (sarf bo’ladigan) suv hajmini (m3/sek yoki m/sek) o’lchaydi. Bunday hisoblagichlarning bir tomonidan suv kirib, ikkinchi tomonidan iste’molchi- ga boradi. Suv hisoblagich parraklarini aylantiradi, parraklar xisoblash appa- ratini ishga tushiradi. Sarf bo’lgan suv miqdori hisoblagich darchasidan ko’rinib turadi.