Suv o’rgimchagi

Suv o’rgimchagi (Argyroneta aquatica) — Argyronetidae oilasiga mansub o’rgimchaklarning yagona turi. O’rgimchaklar turkumining chuchuk suvda yashaydigan yagona vakili. Erkagining uz. 15-20, urg’ochisi 10-12 mm. Bosh ko’kragi qizg’ishqo’ng’ir, korni ho’llanmaydigan kulrang tuklar bilan koplangan. Suv ta- gida nafas olishi uchun kerak bo’ladigan zaxira havo pufak holida S.o’. ning tu- klari ustida saqlanadi (bu paytda u ku- mush rang tusda ko’rinadi). Uyasini suv osti o’simliklariga quradi. Evropa va Osiyoning o’simliklarga boy, oqmaydigan yoki suv o’rgimchagi. sekin oqar suv havzalarida yashay- Di. Asosan, Jan. va o’rta mintaqalarda (jumladan, O’zbekistonda) uchraydi. Hasharotlar lichinkasi va mayda ki- skichbakasimonlar bilan oziklanadi. Urg’ochi o’rgimchak suv ostida zaxira havo saqlanadigan qo’ng’iroq shaklida in qurib, unga tuxumga to’lgan pillasini qo’yadi va uni yosh o’rgimchaklar chiqquncha qo’riklaydi.