Suv osti kemasi

Suv osti kemasi — asosan suv ostida suzishga moslashtirilgan kema. Strategik, operativtaktik xamda boshka jangovar vazifalarni suv osti- da hamda suv ustida bajarishda foyda- laniladi. Bu kemalarning tomchisimon yoki sigarasimon shakldagi korpusi po’lat yoki titandan yasaladi. S.o.k. suv ostida atom qurilmalari, elektr toki akkumulyatorlari; suv ustida atom ener- giyasi yoki dizel qurilmasi, suv ostiga uncha chuqur tushmagan holatda esa dizel qurilmalari yordamida harakatlanadi. S.o.k. bajaradigan vazifasiga qarab, ballistik raketalar va o’zo’zidan mo’ljal oladigan qanotli raketalar, torpedalar, raketatorpedalar, minalar bilan qurollantiriladi; gidroaku- stik, radiolokasion apparatura bilan jihozlanadi. Asosiy quroliga qarab, strategik yoki operativtaktik vazifani bajaradi. Asosiy kuroli — yadro zaryad- lari yordamida uzoqqa otiladigan balli- stik raketalar. Bunday S.o.k.da, odatda, kema okeanda uzok, vakt turishiga imkon beradigan elektr kurilmalar bo’ladi. Operativtaktik vazifalar bajaradigan S.o.k. raketa va torpeda otuvchi, mina qo’yuvchi, radiolokasion dozorlik hamda transportdesantlik vazifalarini baja- ruvchi kemalarga bo’linadi. Dushmanning suv usti kemalari bilan kurashishga mo’ljallangan S.o.k. o’zo’zidan mo’ljal oladigan raketatorpedalar bilan qurollantiriladi. Mina qo’yuvchi S.o.k. turli maqsadlarga mo’ljallangan mina- lar va mudofaalanish torpedalari bilan kurollanadi. S.o.k.ni kurish 17-a.dan boshlandi. Birinchi S.o.k.ni Londonda golland olimi K. van Drebbel (1620), Rossiyada havaskor ixtirochi Efim Nikonov (1724), Shim. Amerikada D. Bushnell (1776), Frantsiyada R. Fulton (1801), Germaniya- da V. Bauer (1850) kurdi. Bu S.o.k.larida mis yoki temirdan yasalgan korpus, suv to’lg’azish uchun tsisterna, eshkak yoki qo’lda aylantiriladigan eshkakli par- raklar bo’lgan; ular dushman kemasining korpusiga maxsus moslamalar yordamida mahkamlab qo’yiladigan minalar bilan kurollangan (minalar dushman kemasi korpusiga xoda yoki garpun bilan etka- zilgan). 20-a. boshlariga kelib harbiydengiz floti bo’lgan davlatlarning deyarli hammasi jangovar S.o.k. kura boshla- Di. 20-a. 50yillaridan boshlab dast- lab AQSh va SSSR, keyin esa Buyuk Britaniya va Frantsiya davlatlari atom qurilmalari bo’lgan S.o.k. kura boshla-Di. Bu hol S.o.k.ning suv ostida uzok, vaqt bo’la olishiga va yurish tezligini keskin oshirishga imkon berdi. 60yil- larda SSSR va AQSh da atom bombasi bi- lan kurollangan S.o.k. paydo bo’ldi.