Suv xo’tikchalari

Suv xo’tikchalari (Asellidae) teng oyoklilar turkumiga mansub qisqichbaqasimonlar oilasi. Hovuz, ko’l va tinch oqadigan suvlarda ko’p uch- raydi. Keng tarqalgan turlaridan biri suv xo’tikchasining uz. 12-20 mm. 6 juft oyoklari yordamida. suv tubida harakatlanadi. Qorin bo’shlig’idagi PLA- stinkasimon jabralari yordamida nafas oladi. Tuxum qo’yib, juda tez ko’payadi. S.x.ning urg’ochisi tuxumdan chiqqan bo- lalarini ko’krak oyoklari asosidagi xal- tachasida olib yuradi. Detrit, suvo’tlar, daraxtdan tushgan va chirigan barglar bi- lan oziqlanib, suvni tozalaydi; o’zlari esa baliqlar ozigi hisoblanadi.