Suvayirg`ich, jun
Suvayirg`ich, jun — ikki daryo havzasi yoki ikki dengiz, okean havzasi orasidagi chegara. Yog`in-sochin suvi, daryo suvlari ana shu chegaradan ikki qarama-qarshi tomonga oqadi. Masalan, Volga bo`yi qirlari Volga va Don daryolari oralig`idagi suvayirg`ichdir. Tinch okean (Tinch okean bilan Hind okeaniga quyiladigan daryolar) havzasini Atlantika okeani (Atlantika hamda Shimoliy Muz okeanlariga quyiladigan daryolar) havzasidan ajratib turadigan chegara Yer sharining bosh suvayirg`ichi. deyiladi.