Suvga sakrash
Suvga sakrash — sport turi; tramplindgm (1 va 3 m) va minoravishka (5, 7,5, 10 m)dan S.s. usullari bor. S.s. turli xil aylanishlarni o’z ichiga ola- Di va suvga kalla yoki oyoq tashlab kam suv sachratib tik tushish bilan tugaydi. S.s.ning dastlabki holatda old tomon bilan turib va teskari turib, qo’llarga tayanib turib, aylanishlar yo’nalishlari bo’yicha — oldinga, orqaga va buralibbu- ralib; murakkabligi bo’yicha — murakka- blik koeffisienti (soni va buralish- larning murakkabligi)ga ko’ra sakrash ko’rinishlari bor. Sport turi sifatida S.s. 19-a. o’rtalarida Germaniyada pay- do bo’lgan. 1890 y. dastlabki xalqaro musobaqalar o’tkazilgan. 1evropa chempi- onati 1926 y.da, jahon chempionati 1973 y.da o’tkazilgan. Olimpiada o’yinlari dasturiga 1904 y. (ayollar uchun 1912 y.) kiritilgan. Olimpiada musobakalari tramplinda turib 5 ta majburiy yarim aylanib sakrash va ayollar uchun 5 ta er- kin sakrash hamda erkaklar uchun 6 ta er- kin sakrash, minorada turib 4 ta majbu- riy va ayollar uchun 4 ta, erkaklar uchun 6 ta erkin sakrash mashqlaridan tashkil topadi. Musobaqalar 2 bosqichda — dast- labki va final (8 eng kuchli sportchi ishtirokida) bosqichda o’tkaziladi. Har 2 holda ham dasturni sportchilar to’liq bajarishlari kerak.