Suvo’tlar
Suvo’tlar (Algae) — tuban o’simliklar dunyochasi; sodda tuzilgan, asosan, suvli muhitda o’sadi. S. bir hujayrali mikroskopik kattalikda ko- loniya bo’lib yashaydigan, ko’p hujayrali va uz. 60 m gacha bo’lgan turlarni o’z ichi- ga oladi. Ayrim turlarida to’qimalar rivojlangan. Tanasining hujayralari ixtisoslashmagan, o’tkazuvchi to’qimalari rivojlanmagan. Rizoidlari substratga yopishish uchun xizmat qiladi. Ko’kyashil va proxlorofit S. — prokariotlar; ularni, odatda, mustaqil guruh sifatida tsianobakteriyalarga, evglenasimon S.ni ko’pincha bir hujayrali hayvonlarga (xivchini bo’lishi, ayrim turlarining golozoy oziqlanishi tufayli) kiritila- Di. Eukariot S hujayrasi xloroplast- lari (xromatoforlari)da pirenoid, harakatchan S.da xivchin, ba’zan ko’zcha, qisqaruvchi vakuola bo’ladi. Ko’pchiligi avtotrof, bir qancha turlari getero- trof va golozoy oziklanadi. S.ning bir qismi geterotrof, jumladan, parazit oziqlanishga o’tgan. Vegetativ, jinssiz va jinsiy (gologamiya, izogamiya, anizo- gamiya, oogamiya) ko’payadi. S. zoospora- lar hosil qilib ko’payishi bilan yuksak o’simliklardan farq qiladi. Biokimyoviy xususiyati (pigmenti, hujayra qobig’i tarkibi, zaxira oziq moddalar xili)ga va g’ujayrasining submikroskopik tuzilishiga binoan, S. 10 bo’lim; ko’kyashil, qizil, tillarang, diatom, dinofit, qo’ng’ir, sariqyashil, evglenasimon, yashil, xarasimonlarga ajratiladi. 41000 dan ortiq turi ma’- lum. Dengizlarda qirg’oqdan boshlab 200 m gacha va undan ham chuqurroqda, chuchuk va o’ta sho’rlangan suv havzalari, qaynoq buloqlar, tuproqda, jumladan, tog’va dashtlarda uchraydi. Xivchinli davrga ega bo’lgan S. 2 guruhga bo’linadi: a va v xlo- rofillga ega bo’lgan yashil S. (evglenasi- monlar, yashil S, xarasimonlar) hamda v xlorofillsiz, lekin ko’pincha s xloro- fillga ega bo’lgan sariqqo’ng’ir S. (til- Larang, diatom, sariqyashil S). S.ning har xil bo’limlari turli xil bir xujayrali organizmlardan mustaqil holda kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. S. biosferada organik moddalarni ilk bor hosil qiluvchi organizmlar si- fatida juda katta ahamiyatga ega; okean- larda Si biomassasi 1,7 mlrd. t ga yaqin (1 yilda 550,2 mlrd. t). S. 1 ga suv yuza- siga nisbatan 1,3—2,0 t quruq biomassa hosil qiladi. Er atmosferasida erkin kislorod- ning paydo bo’lishi ham S. bilan bog’liq. S. eng qad. organizmlar bo’lib, ular- dan boshqa o’simliklar kelib chiqqan. Ko’pchilik bir xujayrali S. zamburug’lar bilan simbioz yashashi tufayli lishay- niklar xrsil bo’lgan (q. Lishayniklar). S.ning er yuzidagi geokimyoviy ahamiyati kaltsiy va kremniyning tabiatda ay- lanishi (diatom S. qoldiqlari) bilan bog’liq. Yirik S. ovqat uchun ishlatila- Di, chorva ozig’i sifatida qo’llanadi va tibbiyotda alginatlar, yod va mikro- biologiya sanoati uchun zarur bo’lgan agaragar olinadi. Laminariya, makrosi- sta, porfira va b. S. dengizlarda Max- sus ko’paytiriladi (q. Akvakulo’pura), Ko’pchilik S.dan oqova suvlarni biolo- gik tozalash va suv havzalarining if- loslanishini aniqlashda bioindikator sifatida foydalaniladi. Sni o’rganuvchi fan — algologiya deyiladi. O’ktam Pratov.