SUVYORGAN KO’LI
SUVYORGAN KO’LI — Qoraqalpog’iston Respublikasi To’rtko’l tumanidagi ko’l. Qum massivlari orasi- da joylashgan. Uz. 6-7 km, eni 200-700 m. Birbiri bilan tutash bir necha kuldan iborat. S.k.ga Paxtaarna kanalining ung tarmog’i — Suvyorgan kanalining suvi quyiladi. Vegetasiya davrida maydoni (ayniqsa, suv kamchil bulgan yillarda) juda ham kichrayib qoladi. Ko’lning Ur- tacha chuq. 1,5 m, ba’zi joylarda 5-6 m. Suvi tiniq, bir qismida ichishga yarokli bo’lsa, ba’zi qismlarida sho’r. Kish oy- larida ko’p qismi quruklikka aylanib qoladi. Kulning tubi, asosan, qumli, ba’zi erlarida sariq, ko’kimtir, qora loyqalardan iborat. S.k.da qamish va qo’g’a, atrofidagi qumliklarda yulg’un, yantoq, cherkez va efemerlar usadi. S.k.da turli baliklar yashaydi.