Suxarto

Suxarto (Suharto) (1921.8.6, Ke — musu, Jokyakarta yaqinida) — Indo- neziya davlat arbobi, general. Indo- neziya xalqining Gollandiya mustamla- kachilariga qarshi qurolli kurashida qatnashgan (1945-49); Indoneziyaga te- gishli G’arbiy Irianni ozod etish uchun tuzilgan qo’shinlarga boshchilik qilgan (1962-63). S. zaxiradagi strategik piyo- da qo’shinlar qo’mondoni (1963-65), key- inchalik hokimiyatni harbiy guruhlar boshqargan paytda piyoda qo’shinlar va- ziri (1965 y. 30 sent.). 1966 y. martdan hokimiyat tepasida. S. davrida utka- zilgan iqtisodiy islohotlar tufay- li Indoneziya ijtimoiyiqtisodiy qoloklikdan chiqqan. S. «oilani reja- lashtirish», ya’ni tug’ilishni cheklash haqidagi dasturga imzo chekkan (1990 y. 2 iyun). 1997 y.da Osiyo bozorlaridagi moliyaviyiqtisodiy inqiroz Indonezi- yaga katta zarar etkazgan, mamlakatda si- yosiy tanazzul yuz bergan (1998 y. may). S. iste’foga chiqishga majbur bo’lgan.