Suxona

Suxona — RF Evropa qismi (Vo- logda viloyati) dagi Daryo. Kubena kuli- dan boshlanadi. S.ning ko’ldan chiqish joyiga shlyuzli to’g’on qurilgan. U Yug daryosi bilan qo’shilgandan keyin shim. Dvina daryosi hosil bo’ladi. Uz. 558 km, havzasining mayd. 50,3 ming km2, o’rtacha suv sarfi 463 m3/sek. Yuqori oqimi da (Vologda daryosi quyiladigan joygacha) ilon izi bo’lib sayoz o’zanda oqadi. O’rta oqimida sayoz joyi ko’p, ostonalar bor. Quyi oqimida qirg’og’i baland (30 m gacha). O’zanida Ostona ko’p (eng kattasi Opoka). Nishabi juda kam bo’lganidan, ba’zan, bahorda Vologda va Leja Daryo- lari suvi bosib, S. suvi Kubena ko’liga qaytib oqadi. Noyab.da muzlayda, apr. ning 2-yarmida muzdan bo’shaydi. Shim. Dvina sistemasi bilan Sheksna va Volga daryolari orqali birlashtirilgan. Bo- shidan oxirigacha kema qatnaydi va yog’och oqiziladi. S. soxilida Sokol, totma, Velikiy Ustyug sh.lari joylashgan.