Suyak

Suyak — odam va umurtqali hayvonlar skeletining asosiy qismi. Suyak to’qimasi biriktiruvchi to’qimaning bir xili. S. bo’g’imlar, boylamlar, mu- skullar va o’ziga birikkan paylar bilan birga tayanchharakat apparatini hosil qiladi. S. hujayralar (osteositlar, osteoklastlar) va hujayralar oralig’i mineral moddalardan tarkib topgan. Osteositlar hujayralar oralig’i mod- dasi bilan o’ralgan; o’simtalar yordamida o’zaro tutashgan; S. to’qimasida moddalar (oqsil, suv, ion) almashinuvini, oste- oblastlar esa S.lar hosil bo’lishini, ularning so’rilish (rezorbtsiya) jarayo-nini ta’minlaydi. Osteoblastlar va osteoklastlarning birgalikda ta’siri S. ning o’sishi va funktsional zo’riqishi o’zgarishining asosini tashkil etadi. Hujayralararo modda kollagen (osse- in) tolalar va asosiy moddadan iborat, bu moddalar S.ning pishiq va mustahkam bo’lishini ta’minlaydi. Suya k to’qimasi kollageni o’ziga xos polipeptidlarning ko’pligi bilan tog’aydan farq qiladi. Asosiy modda glikoproteidlar va prote- oglikanlardan tashkil topgan. Mineral komponenta apatit, sulfat va kaltsiy karbonat kristallaridan iborat. S. em- brional rivojlanish davrida birik- tiruvchi to’qima — mezenximadan hosil bo’ladi. Birlamchi S. ichki Tog’ay skelet- ning suyaklanishidan (elka, son va b.), ikkilamchi S. teri osti tangachalaridan (peshona, tepa va b. S.) vujudga keladi. S. tuzilishi va shakliga ko’ra uzun, ya’ni naysimon (son, boldir va b.), yassi, ya’ni serbar (to’sh va b.) va kalta (umurtqalar va b.) buladi. Naysimon S.larning urta qismi (diafiz) va ikki uchi (epifiz) bor. Diafiz zich modda- dan, epifiz va yassi hamda kalta S.lar tanasi g’ovak moddadan iborat. Diafiz bo’shlig’ida va epifiz g’ovak moddasi oralig’ida ilik buladi. S. sirti bi- riktiruvchi to’qimadan tashkil topgan suyak usti pardasi — periost, ichki ilik bo’shlig’i tomondan xuddi shunga o’xshash endost bilan qoplangan. Diafiz 4-15 mkm kalinlikdagi plastinkalardan ibo- rat bo’lib, ular orqali qon tomirlari va nervlar o’tadi. S. — kaltsiy va fosfor deposi hisoblanadi. Paratgormon va kaltsio- Tonin gormonlari kon plazmasida kal- tsiy mikdorini va osteoklastlarning so’rilish faolligini boshkarib turadi. S. to’qimasi juda faol regenerasiya xusu- siyatiga ega bo’lib, organizmda to’xtovsiz yangilanib turadi. Shu sababdan S.ning mexanik xossalari ham organizmga tusha- digan yukka mos ravishda o’zgarib boradi. Odam skeleti S. tarkibi umr davomida yangilanib turadi (yana q. Suyak sinishi, Suyak chiqishi, skelet).