Suyakli baliqlar
Suyakli baliqlar (Osteihthyes) umurtqali hayvonlar sinfi. Quyi de- von davridan ma’lum. Uz. 0,7—1,1 sm dan 5-7 m gacha, ba’zan undan ko’proq; vazni 1,5 t gacha. Ichki skeleti birmuncha suyaklangan, ba’zi turlarida tog’aydan iborat. Tangachalari ganoid, kosmoid yoki suyakdan tuzilgan. Dum bo’laklarini Tog’ay yoki suyak nurlar ushlab turadi. Jabralari to’siq bilan bo’linmagan, jabra teshiklari jabra qopqoqlari bi- lan yopilgan. Ayrim turlarining suzgich pufagi ikkilamchi tarzda yo’qolib ket- gan. Urug’lanishi, odatda, tashqi; ayrim turlari tirik tug’adi. Osmoregulyasiya jabralar va teri orqali ortiqcha suv- ning chiqarilishi orqali amalga oshadi. Dengiz S.b.da bu jarayon buyrak va ja- bralar orqali amalga oshadi. Osmoregu- lyasiya jarayonining keng diapozonga ega bo’lishi tufayli S.b. har xil sho’rlangan suvlarda yashay oladi. O’tkinchi baliqlar dengizdan chuchuk suvga, chuchuk suvdan den-gizga o’tishi mumkin. S.b. parrak suzgichli va nur suzgichli kenja sinflarga bo’linadigan 33 turkum 420 oila va 20000 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. O’zbekiston suv havzalarida S.b. ning 8 turkum, 14 oilaga mansub 48 turi tarqalgan. S.b. ning 18 turi, jumladan 3 ta O’rta Osiyo endemik turi O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.