Suyuqlik

Suyuqlik — moddaning qattiq va gazeimon holatlari o’rtasidagi agregat holat. S.ning ba’zi xossalari gazniki- ga, ba’zi xossalari qattiq jismnikiga o’xshab ketadi. U qattiq jismga o’xshab ma’lum hajmni egallaydi, idishga quyganda esa, gaz singari, idish shaklini oladi. Kimyoviy tarkibiga ko’ra S. 1 kom — ponentli (sof), 2 komponentli (binar), 3 komponentli va ko’p komponentli (4 va undan ortiq komponentli) suyuq ara- lashmalar (eritmalar)ga bo’linadi. Fi- zik tabiatiga ko’ra S. normal (odatdagi), suyuq kristallar va kvant suyukliklar (suyuq 4Ne, 3ne va ularning eritmalari) ga bo’linadi. Odatdagi S.lar faqat bitta fazaga ega. Geliy «ne ikki suyuq faza- da — normal va o’ta oquvchan fazalarda, suyuk, kristall moddalar esa normal va bir yoki hatto bir necha anizotrop faza- larda bo’lishi mumkin. Normal S. tashqi ta’sir bo’lmaganida makroskopik bir jinsli va izotrop bo’ladi. Xuddi shu xossalari bilan S. gazga o’xshaydi, ammo anizotrop kristall qagtiq jismlardan keskin farq qiladi. Amorf qattiq jism- lar (mas, shisha) o’ta sovitilgan S. bo’lib, odatdagi Sdan kinetik xarakteristika- lari son qiymatlari bilan farq qiladi. Agar S. qizdirila boshlansa, uning issiqlik o’tkazuvchanlik, yopishqoqlik, diffuziya kabi xossalari gazlarning shunday xossalariga yakinlashib boradi. Kristallanish t-rasiga yaqinlashganda esa, kupchilik odatdagi S.larning zich- ligi, siqiluvchanligi, issiqlik sig’imi, elektr o’tkazuvchanligi kabi xossalari mos ravishdagi qattiq jismlarning shunday xossalariga yaqinlashadi. Slarda molekulalar birbiriga yaqin turadi. Shuning uchun xar bir molekula o’zining atrofidagi qo’shni molekula- lar bilan o’zaro ta’sirlashib turadi. S. molekulalari gaz molekulalari kabi erkin harakat qilmasdan, qandaydir vaqt oralig’ida o’troq holat deb ataluv- chi holatdagi muvozanat vaziyat atrofida tebranib turadi. Vaqtvakti bilan S mo- lekulasi oldingi muvozanat vaziyatdan o’z o’lchamlariga yaqin bo’lgan masofacha uzoqlikka o’tib, yangi muvozanat vaziyatni egallab boradi. Shu tarzda S molekula- lari S. hajmi bo’yicha betartib ravishda sekinlik bilan ko’cha boshlaydi. S aniq hajmga ega bo’lishiga qaramay, ma’lum shaklni saklab qola olmaydi va idish- ning o’zi egallagan qismining shaklini oladi. Moddalarning faza holati, asosan, tra T va bosim R ga bog’liq. Molekula- larning o’zaro ta’siri o’rtacha potentsial energiyasining ularning o’rtacha kinetic energiyasiga nisbatan faza holatini ani- klaydigan kattalik e(T, R) hisoblanadi. Qattiq jismlar uchun e(g, R)»G’; bu mo- lekulalarning o’zaro ta’sir kuchining katta ekanligini va u molekulalarni muvozanat holat yaqinida ushlab turishi- ni ko’rsatadi. Gazlar uchun e(T, R)»G’; bu molekulalarning tortishish kuchi ularni birbiriga yaqin holatda ushlab tura ol- masligini ifodalaydi. S uchun g(T, R)~G’. Bu esa S.ni tashkil etuvchi molekulalar- ning uzluksiz betartib harakati va mo- lekulalar orasidagi o’zaro ta’sir kuchla- rining qo’shgan hissalari deyarli bir xil ekanligini ko’rsatadi. S.ning makroskopik xossalari mexa- Nika, fizika, fizikkimyo uslublaridan foydalanib o’rganiladi. Mac, muvozanat holatdagi S.ning mexanik va issiklik xossalari termodinamika uslublari; muvozanat holatdan chiqarilgan slarda sodir bo’luvchi jarayonlar qaytmas ja- rayonlar termodinamikasi; yaxlit muhit deb qaraluvchi S. harakati gidrodinami- ka; suyuq metallarning o’ziga xos oqimi magnit gidrodinamika uslublari orqali o’rganiladi. Abror No»monxo’jaev.