Svazilar

Svazilar (o’zlarini — amasvazi, amangvane deb atashadi) — bantu xalqlari guruhiga mansub xalq, Svazilend (660 ming kishi) va jarning qo’shni rayonlarining asosiy aholisi (1,2 million kishi). Shuningdek, Mozambikda ham yashaydilar. Umumiy soni 1,87 million kishi (1990-yillar, o’rtalari). Svazi tilida so’zlashadi. An’anaviy e’tiqodlar saqlangan, bir qismi baptistlar.