Svift (Swift) Jonatan
Svift (Swift) Jonatan (1667.30.11 Dublin — 1745.19.10) — ingliz yozuv- chisi, jamoat arbobi. 1682-88 y.larda Dublin un-tining Trinitikollejida tahsil ko’rgan. Ilk asarlari — «VI- lyam Senkroftga qasida» (1690) va «Kongrivga qasida» (1693). «Kitoblar jangi» (1697) pamfletining davomi «Bochka haqida ertak» hajviyasi (1704) da katolik, anglikan va puritan cherkov- lari orasidagi kurash parodiya ruhida tasvirlangan. «Movutchining xatlari» (1723-24) va «kamtarin taklif» (1729) pamfletlarida irland xalqi boshidan kechirayotgan zulm qoralangan. «Dunyo- viy suhbatchilar» (1738), «malaylarga o’gitlar» (1745) kabi hajviyalari xam bor. S. ijodidagi eng muhim va yagona roman — «Gulliverning sayohatlari» (1—2j.lar, 1726) ingliz jamiyatidagi illatlarni fosh etuvchi achchiq satira, o’tkir aybnomadan iborat. Gulliverning xayoliy o’lkalar — liliputlar (mitti odamlar), brobdingneglar (Ulkanlar), gu- igngnmlar (aqlli otlar) mamlakatlariga qilgan sayohatlari b-n bog’liq holda adib Real voqelikdagi yangicha munosabatlar, bosqinchilik urushlari, davlat idorala- ridagi sotqinlik, sudyalarning adolat- sizligi va b. larda aks ettirgan. S. satirasi uning ijodiga xos bo’lgan ma’rifatparvarlik asosida rivojla- nib, xususiy va ijtimoiy illatlarni tugatish zarurligini ta’kidlagan guma- nistik pafos b-n chambarchas bog’liq. As: Gulliverning sayohatlari, T., 1948.