Sxemotexnika

Sxemotexnika — radiotexnika, aloqa, avtomatika, hisoblash texnikasi va b.ning elektron qurilmalarini tax- lil va sintez qilish muammolarini o’z ichiga olgan ilmiytexnikaviy yo’nalish. Yuqorida sanab o’tilgan qurilmalarning aniq ishlashini ta’minlash va ularning tarkibiga kiradigan elementlarning Pa- rametrlarini hisoblash uchun qo’llanadi. «S.»termini 20-a. 60y.larida ko’p funk- tsiyali elektron qurilmalarning paydo bo’lishi bilan bog’liq ravishda paydo bo’lgan. S.ning nazariy bazasini chiziqli va nochiziqli elektr zanjirlari naza- riyasi, elektrodinamika, matematik da- sturlash, avtomatlar nazariyasi va b. tash- kil qiladi. Elektr va radioelementlar (rezistorlar, kondensatorlar, diodlar, tranzistorlar va b.) va integral mikro- sxemalar elektron qurilmalarning ele- mentlar bazasi sifatida xizmat qiladi.