Syanbi, shibay, sabi
Syanbi, shibay, sabi — qad. XI- toyning shim.da yashagan qabilalar Ittifoqi. Xitoy manbalariga ko’ra, S.lar mil. AV. 8-5-a.larda shanrung (tog’lik odamlar) yoki bayyi (oq ajnabiy- lar) deb nomlangan turkiylar tarkibi- dagi bir qavmdir. «S.»atamasi Xitoy- ning shim.sharqidagi tog’nomidan olin- gan. Mil. AV. 3-a.da hunlar o’zlarining sharqidagi qabilalarni tobe etishga harakat qilganda, ayrim qavmlar syanbi tog’iga qochib borgan, ularham «S.»deba- talgan.Mil. AV. 140— 86 y.larda S.lar Jan.G’arb tomonga ko’chgan va hunlarga el bo’lgan. Hunlar g’arbga ko’chgach, S.lar ular hududini egallagan. Shundan so’ng S.lar kuchayib qabilalar Ittifoqiga aylangan. Mil. 2-a.da xitoylar bilan uzoq vaqt ku- rash olib borganlar. 3-a.ning 1-yarmida S.larning murun qabilasi hoz. XXRning Ko’kko’l (TSinxay) o’lkasiga ko’chib, u er- dagi chyanlarni tobe etib, Tuyuyxun dav- latini tashkil qilgan. S.larning Tuba syanbi (toba syanbi) deb atalgan qismi Mo’g’ulistonda qolib, so’nggi Yan (Xouyan), G’arbiy Yan (Siyan), Jan. Yan(Nanyan) kabi xonliklarni barpo etgan. 386 y. to’ba syanbilar To’bago’y boshchiligida shim. Vey xonligi (386-534) tashkil etish — gan. Ushbu xonlik emirilgach, S.larda yana bo’linish yuz bergan. Ularning tsifu nom- li bir qismi G’arbiy chin (Sisin), Tufa nomli boshqa bir kismi Jan.Lyang (Nan- Lyang) hokimligini tuzgan. 8-9-a.larda S.lar boshqa xalqlarga qo’shilib ketib, alohida etnos sifatida tilga olinma- gan. Abdulahad Xo’jaev.