Syangan

Syangan (inglizcha Viktoriya) — shahar, Syangan maxsus ma’muriy rayonnining ma’muriy markazi. Syangan orolida, Szyulun shahri bilan tor bo’g’oz orqali ajralib turadi. Aholisi 3,5 million kishi (1995). Yirik port. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning savdosanoat va xalqaro valyuta-moliya markazi. Metropoliten qurilgan. Universitet (1911) bor. Turizm rivojlangan.