TABAQA PARDOZ

TABAQA PARDOZ — o’ymakorlikda pardoz turi; o’yma gul — naqshlarni 2 yoki 3 qatlamli o’ymalar bilan pardozlash usuli. O’ymalari uncha chuqur bo’lmasada, naqshlar hajmdor ko’rinishga ega bo’lib, ajoyib jozibadorlik hosil qiladi. Pardozlar ichida eng murakkabi bo’lgani uchun ustadan yuksak kasbiy mahorat talab etadi. Buxorolik ustalar Tabaqa pardoz usulini keng qo’llaydi. Jumladan, Usta Shirin Murodov Tabaqa pardozning imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanib, jozibador naqsh mujassamotlari yaratgan.