TABIBULLAYEV SA’DIXON

TABIBULLAYEV SA’DIXON (1906.05.6, Buxoro — 1992.11.9, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1949). Buxoro pedagogika bilim yurti (1922— 24), Moskvadagi O’zbek drama studiyasi (1924-27) da o’qigan. 1927-92 yillar Hamza teatrining aktyori. Asosiy rollari: tabib (V. Yan, «Hujum»), Yosuman (A.Navoiy, «Farhod va Shirin»), Xlestakov (N. Gogol, «Revizor»), Hasan ellikboshi (Hamza, «boy ila xizmatchi»), Yaxshivoy (K. Yashin, «nomus va muhabbat»), Mansur (Uyg’un, I. Sulton, «Alisher Navoiy»), Mirzakarimboy (Oybek, «Qutlug’ qon»), Suxsurov (A.Qahhor, «Tobutdan tovush»), masxara (U. Shekspir, «Qirol Lir»), Musulmonqul (I. Sulton, «Abdulla Qodiriyning o’tgan kunlari»), Islom ota (H. Muhammad, «xotinlar «Gap»idan chiqqan hangoma») va boshqalar. Masxara obrazida qahramonining bo’rttirilgan satirik xususiyatlarini chuqur fojiaviylik bilan uyg’unlashtiradi. Obraz tabiati, ko’rinishi, xatti-harakatlari, nutqining ravonligi, serjilo ovozi, grimlarini libosga uzviyligini ta’minlash Tabibullayev ijodiga xosdir. Uning ijrosidagi kattakichik, hatto uvoq obrazlar ham spektakdda muxim ahamiyat kasb etgan. Ruhi baland va mehnatkash, hayotda xo’rlangan, jamiyatda kamsitilgan kimsalar qiyofasini gavdalantirish bilan birga kalondimog’ va buqalamunlik, riyokorlar ichki va tashqi olamini ochishda noyob usullar tanlay bilgan. U bir qancha filmlarda ham suratga tushgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). Toshpo’lat Tursunov.