TABIIY FTORIDLAR

TABIIY FTORIDLAR — minerallar kichik sinfi, ftorli vodorod kislotasining oddiy va qo’shaloq tuzlari. Turli tasnif bo’yicha 50 tacha mineral turini o’z ichiga oladi; asosiylari flyuorit va kriolit. Tabiiy ftoridlar Na, K, Sa, Mg, A1 elementlari, kamyob er elementlari (TR), kamroq Cs, Sr, Pb, Bi, V va boshqalarning ftor bilan tabiiy birikmasi. RnFm (flyuorit, villiomit NaF, sellait MgF2 va boshqalar) singari oddiy tip va R va M — kationlari bo’lgan RJMFJ murakkab tiplarga bo’linadi. Oddiy Tabiiy ftoridlar mustahkam joylashgan koordinasion kristall strukturaga ega, kub va geksagonal singoniyali. Murakkab Tabiiy ftoridlar quyidagi guruhlarni tashkil qiladi: ftoroalyuminatlar (masalan, kriolit), ftorobor atlar (masalan, ferruchit Na[BFJ), ftoroberillatlar (syanxualinit Li2Ca3[Si04]3 Be3F2), ftorosilikatlar (mas., mallardit Na2[SiF6]). Murakkab T.f.ga, odatda, qo’shaloq va uch qo’shaloq ftoridlar: neyborit NaMgF3 va gagarinit NaCaTRF6 kiradi. Ba’zi tadqiqotchilar tomonidan ftoridlar sinfiga ftorkarbonatlar — bastnezit, parizit va topaz guruhi minerallari kiradi. Ko’pchilik Tabiiy ftoridlar kam tarkalgan bo’lib, eng ko’p uchraydigan — flyuorit, u turli genezisli konlarda mavjud. Tabiiy ftoridlar rangeiz yoki och rangli, shaffof, shishadek yaltiraydi. Qattiqligi 4-5; zichligi 2-3,2 g/sm3. Tabiiy ftoridlar vulkanlarning sublimatlarida (ferruchit, avogadrit, kriptogalit va boshqalar) vujudga keladi, granitlarning aktsessorli minerallarida, ishqorli jinslar va ularning effuzivli analoglari (flyuorit)da uchraydi. Ular karbonatit (flyuorit), granitli pegmatit, greyzen, gidrotermal xreila (flyuorit), ishqorli granit va ularga bog’liq bo’lgan metasomatitlar (kriolit, flyuotserit, gagarinit) hamda luyavrit, foyyait va urtitlar (villiolit) rivojlanishining kechki bosqichlari uchun xarakterlidir. Ko’plab alyumoftoridlar, kriolit (tomsenolit, ralstonit, paxnolit, veberit, xiolit va b.)larning gidrotermal o’zgarishida paydo bo’ladi. Oksidlanish zonasida ko’pincha endogen Tabiiy ftoridlardan gipergenli: gearksutit, kridit, flyuellit rivojlanadi, cho’kindi qatlamlarda flyuorit (ratovkit) uchraydi. Tabiiy ftoritlardan flyuorit va kriolitlardan metallurgiya, keramika va kimyo sanoatida foydalaniladi. Basnezit va parizit kamyob yer elementlari olish manbasi hisoblanadi. Tabiiy ftoritlardan flyuorit Chatqol-Qurama regionidagi Novgarzon, Kenkol, Kaskana, Obirahmat (qazib olingan) va boshqa konlarda mavjud.