Tabiiy geografik jarayonlar
Tabiiy geografik jarayonlar — tabiatdagi modda va energiya o`zgarishlari, shakl o`zgarishlari, hamda umuman tabiiy geografik komplekslarning rivojlanishiga sabab bo`luvchi barcha xil jarayonlar. Tabiiy geografik jarayonlarga atmosfera sirkulyatsiyasi, namning aylanib yurishi, reylef hosil bo`lishi, nurash, tuproq hosil bo`lishi, o`simlik va hayvonot dunyosining mavsumiy hamda asriy o`zgarishlari, komponentlararo aloqalarda ro`y beruvchi jarayonlar yaqqol misoldir. Tabiiy geografik jarayonlarni tadqiq etish landshaftlarni dinamik sistema sifatida o`rganishga, ularni muhofaza qilish va o`zgartirishning oqilona yo`llarini tanlashga imkon beradi. Bunda geografik komplekslararo hamda komponentlararo modda va energiya almashinuvi mexanizmini aniqlash ayniqsa katta nazariy ahamiyatga egadir.