Tabiiy resurslar, tabiat resurslari
Tabiiy resurslar, tabiat resurslari (fransuzcha resurs- mablag`) — insoniyat uchun yashash vositasi bo`lib xizmat qiladigan va xo`jalikda foydalaniladigan tabiat elementlari (moddiy boylik va energiya turlari). Yerlar, foydali qazilmalar, o`simlik hamda suv boyliklari, yovvoyi hayvonlar, qulay iqlim sharoiti, suv va shamol energiyasi kabilar tabiiy resurslardir.
Tabiiy resurslar tugaydigan ammo, qayta tiklanishi mumkin bo`lgan (Masalan, yer, o`simlik va hayvonot resurslari), tugaydigan hamda qayta tiklanmaydigan (Masalan, foydali qazilmalar konlari) va tugamaydigan (Masalan, quyosh energiyasi, shamol energiyasi) resurslarga bo`linadi.