Tabiiy shag’al
Tabiiy shag’al – yumshoq cho’kindi tog’ jinsi bo’lib, u tog’ jinslarining ko’p yoki kamroq miqdordagi bo’laklaridan va turli minerallardan (kam hollardagina) tashkil topadi. Kelib chiqishiga ko’ra shag’al tosh va qumlar daryo, ko’l, dengiz va hokazolarga bo’linadi. Ko’pincha tog’ shag’alidan foydalaniladi, chunki u g’adir-budir yuzaga ega bo’ladi va shuning uchun ancha yaxshi birikuvchanlikni ta’minlaydi. Tabiiy shag’al og’ir betonlar olishda, ballastli qatlamning shag’al toshli qorishmasini tayyorlashda, tom yopish materiallari ishlab chiqarishda to’ldiruvchi sifatida xizmat qiladi.