TABLA

TABLA (Arabcha, tabl — urma cholg’u) — hind urma musiqa cholg’usi. Ikkita — odatda kattaroq (past tovushli) Dayyan hamda kichikroq (yuqori tovush li) bayyan deb ataluvchi nog’orachalardan iborat. Yog’och, sopol yoki misdan ishlangan kosaxonalari 2 qatlamli teri bilan qoplanadi. Ijrodan avval bular terisi ustiga un, temir qirindisi va elim aralashmasidan tayyorlangan maxsus kukun suriladi. Ijrochi Tablani qo’l barmoklari va kaftlar bilan urib, turli usullar chaladi. Tabla yakkanavoz hamda turli mumtoz musiqa (jumladan, raga) ansambllarida asosiy jo’rnavoz cholg’u sifatida keng qo’llaniladi.