TADBIRKORLIK QOBILIYATI
TADBIRKORLIK QOBILIYATI — insonning ishlab chiqarish jarayonida qo’llaniladigan resurslardan qanday foydalanish xususida oqilona, maqsadga muvofiq qarorlarni qabul qila olishi, innovatsion jarayonlarda faol qatnashishi, tavakkal qilish va yutuqqa erishish layoqati; iqtisodiy resurslarning elementi.