TAGANROG

TAGANROG — Rossiya Federatsiyasi Rostov viloyatidagi shahar (1775 yildan). Azov dengizining Taganrog qo’ltig’idagi port. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 289,8 ming kishi (1998). Shaharga 1698 yilda Pyotr I ning buyrug’i bilan qal’a sifatida asos solingan. Shahar Rossiya Federatsiyasi Janubdagi muhim sanoat markazi. 40 dan ortiq sanoat korxonasi ishlab turibdi. Viloyat yalpi sanoat mahsulotining 1/6 qismiga yaqinini shu korxonalar beradi. Mashinasozlik rivojlangan. Metallurgiya zdida po’lat prokat, quvur ishlab chiqariladi. Bug’ qozonlari, kombaynlar, kema ta’mirlash, temirchilik, elektrotermik asbob-uskunalari zdlari, oziq-ovqat, yengil, shu jumladan, ko’npoyabzal, qurilish materiallari, kimyo sanoatlari korxonalari bor. Radiotexnika, pedagogika institutlari, kartinalar galereyasi, o’lkashunoslik muzeyi, A.P.Chexov adabiyot va tarixiy-me’moriy muzey qo’riqxonasi, drama teatri mavjud.