TAGOBI

TAGOBI, Anguri siyoh — xo’raki va vinobop o’rtapishar uzum navi. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. O’zbekiston, Qirg’iziston, Tojikistonda ekiladi. Tupi kuchli o’sadi. Barglari o’rtacha, besh bo’lmali, sap kertikli, beti bir oz burishgan, orka tomoni tukli. Uzum boshi o’rtacha va yirik, konussimon, shingillari havol. G’ujumi o’rtacha va yirik, yumaloq, urug’siz, qora, yaltiroq, yupqa g’ubor bilan qoplangan. Po’sti kalin. Eti sershira, xushta’m. Kurtagi bo’rtgandan keyin faol harorat yig’indisi 2800° bo’lganda 135-140 kunda pishadi. Tarkibida 21-22% qand, 5,2% kislota bor. Novdalari yaxshi pishadi. Hosiddorligi 150-160 ts/ga. Sovuqqa chidamli. Yangiligida iste’mol qilinadi, turli vinolar, sharbatlar, mayiz tayyorlanadi.