TAHLIL TARKIBIY

TAHLIL TARKIBIY — funksional. E.Dyurkgeym, V.Pareto va boshqalar tomonidan bayon etilgan yondashuv. U ikki qismdan iborat: 1) tarkibiy — turli tuzilmalar tahlilidan ular bajarayotgan funksiyalarni aniqlashga o’tuvchi; 2) funksional – funksional talablarning muayyan birligidan kelib chiqib, bu funksiyalarni bajaruvchi muayyan tuzilmalarni aniqlashga o’tadigan yondoshuvlar. Ularning barchasi uchun me‘yoriylik, ya‘ni ijtimoiy muhit va inson hulq-atvorining me‘yoriy ko’rsatmalari va qadriyatlar bilan belgilanganligidan kelib chiqish xos.