TAJRIBA STANTSIYASI
TAJRIBA STANTSIYASI – qishloq xo’jaligi bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradigan muassasa. Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda va chorvachilikda ilmiy jihatdan asoslangan usularni yaratish uchun ishlab chiqarishga yaqin bo’lgan sharoitlarda tajribalar o’tkazadi. Dastlabki qishloq xo’jaligi tajriba stansiyalari Yevropa mamlakatlarida, xususan Angliya va Frantsiya (1835), Germaniya (1852) va Rossiyada (1886) paydo bo’lgan. O’zbekiston hududida bunday stansiyalar 19-asr oxirlarida tashkil etila boshlagan. 1898 yilda Toshkent yaqinida Turkiston qishloq xo’jaligi stantsiyasi tashkil etildi. 1914 yildan Mirzacho’l, Andijon qishloq xo’jaligi Tajriba stantsiyalarida g’o’za navlari sinovi o’tkazilgan. Keyinchalik 1913 yilda Farg’ona Tajriba stantsiyasi, 1929 yil Turkiston selektsiya stansiyasi tashkil etildi. Keyinchalik bu stansiya asosida g’o’za selektsiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot instituti tashkil topdi. Ilmiy tadqiqot ishlarining xarakteriga qarab, tarmoq, kompleks va tajriba-selektsiya stansiyalarga bo’linadi. Tarmoq qishloq xo’jaligi Tajriba stantsiyasi dehqonchilik yoki chorvachilik yo’nalishida ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi. Ular ko’pincha tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari yoki oliy o’quv yurtlari tarkibida ishlaydi. Kompleks qishloq xo’jaligi Tajriba stantsiyasi ko’p tarmoqli bo’lib, viloyat qishloq xo’jaligi. tajriba styalari hisoblanadi va shu viloyat qishloq xo’jaligi. korxonalari uchun xizmat ko’rsatadi, fan va ilg’or tajriba yutuqlarini targ’ibot qiladi va ishlab chiqarishga tatbiq etadi. Tajribaselektsiya stantsiyalari ilmiy tadqiqot institutlari huzurida tashkil etiladi va qishloq xo’jaligi. ekinlarining yangi navlarini yaratish, muayyan tuproq iqlim sharoitlari uchun nav agrotexnikasini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Ularning qaramog’ida tajribalar o’tkazuvchi eksperimental xo’jaliklar ish olib boradi. Bu xo’jaliklarda ishlab chiqarish. tajribalari o’tkaziladi va uning natijalari to’g’ridan-to’g’ri qishloq xo’jalik ishlab chiqarish korxonalariga foydalanish uchun tavsiya etiladi. Abdukarim Zikiryoyev.