TAKLIF QONUNI

TAKLIF QONUNI — baho bilan taklif o’rtasidagi bog’liqlik, ya’ni bahoning o’sishi bilan taklifning hajmi ortishi, bahoning pasayishi natijasida esa taklifning qisqarishi. Ushbu o’ziga xos bog’liqlikka taklif qonuni deyiladi. U ishlab chiqaruvchilarning past bahoga nisbatan yuqori bahoda mahsulotlami ishlab chiqarish va bozorga taklif etish xohishlarini ko’rsatadi. Bunga sabab, tovarlarni yetkazib beruvchilar mahsulot evaziga pul oluvchi sifatida maydonga chiqadilar. Unga baho har bir mahsulot birligi uchun olgan tushumni tashkil etadi, bu esa mahsulotning o’rtasida bevosita ishlab chiqarish va sotishga rag’bat bo’lib xizmat qiladi. Taklif hajmiga bahodan tashqari bir qancha omillar ta’sir ko’rsatadi: resurslarga baholarning o’zgarishi, texnologiyalarning o’zgarishi, soliqlar va dotatsiyalardagi o’zgarish va h.k.