TAKROR ISHLAB CHIQARISH
TAKROR ISHLAB CHIQARISH — sarflangan ishlab chiqarish. omillari (tabiiy zaxiralari, ishchi kuchi va ishlab chiqarish. vositalari)ni kayta ishlab chiqarish. yo’li bilan tiklash. Uning o’zgarmas ko’lamda qaytarilib turishi oddiy takror ishlab chiqarish. xisoblanadi. Agar shu jarayon yangidan kengaytirilgan ko’lamda takrorlansa kengaytirilgan takror ishlab chiqarish deyiladi. Oddiy takror ishlab chiqarish.da foydalanilayotgan ishlab chiqarish. omillari, shu jumladan, kapital va mehnat hajmi, muayyan muddat davomida o’zgarmaydi. Bu omillarning ilgarigidek unumdorligi natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori kamaymaydi (aks holda toraygan ishlab chiqarish. paydo bo’ladi) ham, ko’paymaydi ham. Kengaytirilgan Takror ishlab chiqarishda, boshqa hamma sharoitlar bir xil bo’lgan hodda, ishlab chiqarish. omillari hajmining o’sishi ishlab chiqarishning va ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining o’sishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning bir yoki bir necha omillarining ko’payishi hisobiga yuzaga keladigan kengaytirilgan Takror ishlab chiqarish. uchun, odatda, qo’shimcha kapital qo’yilmalar talab etiladi (ishlab chiqarishga investitsiya jalb etiladi). Iqtisodiy taraqqiyot faqat kengaytirilgan Takror ishlab chiqarish. bo’lgandagina yuz beradi. Butun jamiyat miqyosida yalpi ichki mahsulotni (YAIM) kengaytirilgan Takror ishlab chiqarish oldingi davrda jamg’arma uchun ishlab chiqarilgan YaIMning bir qismidan foydalanishni taqozo etadi. Mamlakatning tiklanadigan va tiklanmaydigan tabiiy resurslari uning milliy boyligining bir qismi hisoblanadi. Tiklanadigan boyliklar — o’rmonlar, baliq zaxiralari, qishloq xo’jaligi. yer maydonlari va boshqalardir. Bu tabiiy zaxiralar, odatda, uzoq muddatli Takror ishlab chiqarish takror hosil bo’lish tsikliga egaligi bilan ajralib turadi. Ko’pgina foydali qazilmalar — neft, toshko’mir, boksit, temir rudasi tiklanmaidigan zaxiralarga kiradi. Shuning uchun ulardan tejamkorona va samarali foydalaniladi. Demografiyada » Takror ishlab chiqarish.” tushunchasi aholi sonining tiklanishi jarayon larini tavsiflash uchun qo’llaniladi. Shartli ravishda 2 ta bolali oila oddiy T.ishlab chiqarishni, 3 ta va undan ko’p bolali oilalar kengaytirilgan Takror ishlab chiqarishni bildiradi.