TALAB HAJMI

TALAB HAJMI — iste’molchilar ma’lum narxda va vaqtda xarid qilishi mumkin bo’lgan mahsulot miqdori. Masalan, hozir xaridor 10 kg kartoshka sotib olmoqchi va unga imkoniyati bor, binobarin 10 kg kartoshka talab hajmini tashkil etadi.