TALFAP

TALFAP — Qozog’istondagi shahar (1959 yildan). Olmaota viloyatida, orqa Ili Olatovining shimol yon bag’rida, Olmaota shahridan 25 kilometr uzoqlikda joylashgan. Aholisi 42 ming kishi (2003). Tikuvchilik va namat fabrikalari, spirt, vino, yog’-moy zavodlari, qurilish materiallari korxonalari bor.