TA’LIQ
TA’LIQ (Arabcha — osish, osib quiish) — xattotlik uslubi; Arab yozuvidagi xat uslublaridan biri. 14-asrda tavqe va riqo xatlari asosida ixtiro qilingan, ixtirochilari Tojiddin Salmoniy va Xoja Abul’ol. Tez yozish uslubida harflar bir-biriga osilib yoki ilinib turganday ko’rinadi (nomi ham shundan). Harflarning 5 qismi egri va 1 qismi to’g’ri chiziqlardan iborat. Ta’liq asosan insho va maktublarga tegishli bo’lib, munshiylar uni yuqoridan chapga qiyaroq qilib cho’zib yozgan. Shu jihati bilan shikasta xatiga o’xshab ketadi. Dastlab munshiylar, idora kotiblari tomonidan ishlatilgan, rasmiy va shaxsiy yozishmalar, turli hujjatlarda qo’llanilgan. Xoja Abdulhay Munshiy, Xoja Ixtiyor ushbu xat ustasidir.